Toshkent shahri va viloyatida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari qo‘lga olindi

© Press-slujba SGB V Tashkentskoy oblasti v kachestve veshestvennix dokazatelstv izyato okolo 12,3 kg narkotikov
V Tashkentskoy oblasti v kachestve veshestvennix dokazatelstv izyato okolo 12,3 kg narkotikov
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2025
Obuna bo‘lish
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi, sintetik moddalar va marixuana bo‘yicha bir nechta shaxslar qo‘lga olindi.
TOShKENT, 25 noya – Sputnik. “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) va Ichki ishlar organlari hamkorligida Toshkent viloyatida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
"Zangiota tumanidan 1978-yilda tug‘ilgan A.A.ning uyidan 5 kg, Qibray tumanida istiqomat qiluvchi 1974-yilda tug‘ilgan D.A.ning xonadonidan esa 2 kg 326 gramm marixuana olindi", — deyiladi xabarda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, har ikki shaxs giyohvandlik moddalarini uy sharoitida yetishtirib, sotish maqsadida saqlab kelgan. Ularga nisbatan JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Yana bir holatda Rossiyadan olib kelinayotgan giyohvandlik vositasi DXX va Bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan to‘xtatib qolindi.

"Toshkent tumanidagi “Navoiy” chegara-bojxona postiga Qozog‘istondan kirib kelgan, Toshkent shahrida yashovchi 1989-yilda tug‘ilgan A.A. hamda Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida istiqomat qiluvchi 1994-yilda tug‘ilgan M.A.ga tegishli ikki dona reduktor tekshirilganda, ularning ichida 4 kg 965 gramm “Klefedron” sintetik moddasi topildi. Tadbir davomida ushbu moddani qabul qilib olgan, ularning yana uch nafar sheriklari — E.B., I.I. va O.J. ham qo‘lga olindi", — deb xabarda qayd etilgan.

Ushbu holatlar yuzasidan ayblanuvchilarga nisbatan JKning 246-moddasi 2-qismi va 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
V Tashkentskom aeroportu presekli vvoz 8, 5 tonn narkotikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2025
Narkojinoyatlar uchun 20-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanadi
Yangiliklar lentasi
0