https://oz.sputniknews.uz/20251215/usa-university-otishma-ozbekistonlik-halok-54167339.html
AQShdagi Braun universitetida otishma: o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
AQShdagi Braun universitetida otishma: o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
AQShdagi Braun universiteti kampusida sodir bo‘lgan otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi. TIV marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
2025-12-15T09:27+0500
2025-12-15T09:27+0500
2025-12-15T10:06+0500
o‘zbekiston
jamiyat
o‘zbekiston tiv
otishma
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/0f/54167023_0:0:1921:1080_1920x0_80_0_0_d86b6dd1e168405de010bd698ab20faf.jpg
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. AQShning Rod-Aylend shtati, Providens shahrida joylashgan Braun universiteti hududida sodir bo‘lgan otishma oqibatida O‘zbekiston fuqarosi — talaba MuhammadAziz Umurzoqov halok bo‘ldi. Bu haqda TIV matbuot kotibi Ahror Burxonov o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi. U marhum talaba oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.Eslatib o‘tamiz, AQShning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblangan Braun universiteti (Brown University)da imtihonlar davrida kampus hududida otishma sodir etilgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 2 nafar shaxs halok bo‘lgan, 9 nafar kishi turli darajada jarohat olgan.Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi shaxs auditoriyada o‘q otganidan so‘ng hodisa joyidan qochib ketgan. Keyinchalik AQSh huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan keng ko‘lamli qidiruv operatsiyasi natijasida otishmada ishtirok etgan deb gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olingan. U avval AQSh armiyasida xizmat qilgan, 20-30 yoshlar atrofidagi erkak ekani ma’lum qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20251214/australia-yahudiylar-bayram-terakt-54163608.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/0f/54167023_126:0:1566:1080_1920x0_80_0_0_f3453f0fe95e6724095d71dae2d4cc8b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
braun universiteti, brown university, aqsh, providens, rod-aylend, otishma, universitetda otishma, o‘zbekistonlik talaba, tiv, axror burxonov, aqshda fojia
braun universiteti, brown university, aqsh, providens, rod-aylend, otishma, universitetda otishma, o‘zbekistonlik talaba, tiv, axror burxonov, aqshda fojia
AQShdagi Braun universitetida otishma: o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
09:27 15.12.2025 (yangilandi: 10:06 15.12.2025) AQShning Providens shahridagi Braun universitetida sodir bo‘lgan otishma oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, shundan biri O‘zbekiston fuqarosi ekani ma’lum qilindi.
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. AQShning Rod-Aylend shtati, Providens shahrida joylashgan Braun universiteti hududida sodir bo‘lgan otishma oqibatida O‘zbekiston fuqarosi — talaba MuhammadAziz Umurzoqov halok bo‘ldi. Bu haqda TIV matbuot kotibi Ahror Burxonov o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
U marhum talaba oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning AQShdagi diplomatik vakolatxonalari marhumning qarindoshlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, AQShning tegishli idoralari bilan hamkorlikda barcha tashkiliy va huquqiy masalalar bo‘yicha yaqindan ish olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, AQShning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblangan Braun universiteti (Brown University)da imtihonlar davrida kampus hududida otishma sodir etilgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 2 nafar shaxs halok bo‘lgan, 9 nafar kishi turli darajada jarohat olgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi shaxs auditoriyada o‘q otganidan so‘ng hodisa joyidan qochib ketgan. Keyinchalik AQSh huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan keng ko‘lamli qidiruv operatsiyasi natijasida otishmada ishtirok etgan deb gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olingan. U avval AQSh armiyasida xizmat qilgan, 20-30 yoshlar atrofidagi erkak ekani ma’lum qilindi.