https://oz.sputniknews.uz/20251214/australia-yahudiylar-bayram-terakt-54163608.html
Avstraliyada yahudiylar bayrami paytida terakt sodir etildi — to‘liq tafsilotlar
Avstraliyada yahudiylar bayrami paytida terakt sodir etildi — to‘liq tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Avstraliyaning Sidney shahrida joylashgan Bondi plyajida Hanuka bayrami vaqtida sodir etilgan qurolli hujum 10 kishining umriga zomin bo‘ldi. Politsiya hodisani terrorchilik akti deb baholadi. Gumonlanuvchilar qo‘lga olindi
2025-12-14T17:42+0500
2025-12-14T17:42+0500
2025-12-14T17:45+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
yahudiylar
o‘q otish
otishma
terakt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/0e/54163397_0:42:800:492_1920x0_80_0_0_61676ff5316618ee9f48cfd0b76a13b5.jpg
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Avstraliyaning Sidney shahrida joylashgan mashhur Bondi plyaji hududida 14-dekabr kuni kechqurun yuz bergan qurolli hujum natijasida kamida 12 kishi halok bo‘ldi, 29 kishi yaralandi.Hodisa yahudiylar bayrami — Hanuka munosabati bilan tashkil etilgan tadbir paytida yuz bergan. Politsiyadagi manbalarning qayd etishicha, hujumga bir necha oy tayyorgarlik qilingan bo‘lishi mumkin.Yangi Janubiy Uels politsiyasi matbuot xizmatiga ko‘ra, hujum sodir bo‘lgani to‘g‘risidagi xabarlardan so‘ng, maxsus operatsiya boshlangan va jamoatchilik hodisa joyidan uzoqlashishga chaqirilgan.Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, hujumda ishtirok etgan ikki gumonlanuvchidan biri hodisa joyida qo‘lga olingan, ikkinchisi esa otishma paytida o‘ldirilgan. O‘tkinchilardan biri erkakni qurolsizlantirgani va uning o‘qotar qurolini tortib olgani xabar qilindi.ABC telekanaliga ko‘ra, hujumchilardan biri — Narvid Akram, u Sidney janubi-g‘arbidagi Bonnirigg tumanida yashagan. Tergov doirasida uning uyida tintuv o‘tkazilgan.Yangi Janubiy Uels shtati politsiya komissari Mal Lenion hodisani rasman terrorchilik akti sifatida baholadi.OAV xabariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida avstraliyalik ravvin (yahudiy ruhoniysi) Eli Shlinger ham bo‘lgan. U Hanuka bayramida ishtirok etgan faol diniy shaxslardan biri bo‘lgan.BNO News portali tomonidan tarqatilgan videoda ikki kishi qurol bilan otishma olib borayotgani aks etgan. Hodisa avvalida ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqalgan videoyozuvlar odamlar o‘rtasida shovqin va sarosimaga sabab bo‘ldi.
https://oz.sputniknews.uz/20251127/washington-otishma-tramp-muhojirlar-chora-53765563.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/0e/54163397_45:0:756:533_1920x0_80_0_0_a98109998cefb9eebea48b545ae70f46.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sidney terakti, bondi plyaji, sidneyda otishma, avstraliyada terror, hanuka hujumi, avstraliya politsiyasi, eli shlinger, narvid akram, bondi terakt 2025, sidney xabarlari, avstraliya
sidney terakti, bondi plyaji, sidneyda otishma, avstraliyada terror, hanuka hujumi, avstraliya politsiyasi, eli shlinger, narvid akram, bondi terakt 2025, sidney xabarlari, avstraliya
Avstraliyada yahudiylar bayrami paytida terakt sodir etildi — to‘liq tafsilotlar
17:42 14.12.2025 (yangilandi: 17:45 14.12.2025) Sidneydagi Bondi plyajida Hanuka bayrami paytida yuz bergan qurolli hujum oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 29 kishi yaralandi.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Avstraliyaning Sidney shahrida joylashgan mashhur Bondi plyaji hududida 14-dekabr kuni kechqurun yuz bergan qurolli hujum natijasida kamida 12 kishi halok bo‘ldi, 29 kishi
yaralandi.
Hodisa yahudiylar bayrami — Hanuka munosabati bilan tashkil etilgan tadbir paytida yuz bergan. Politsiyadagi manbalarning qayd etishicha, hujumga bir necha oy tayyorgarlik qilingan bo‘lishi mumkin.
Yangi Janubiy Uels politsiyasi matbuot xizmatiga ko‘ra, hujum sodir bo‘lgani to‘g‘risidagi xabarlardan so‘ng, maxsus operatsiya boshlangan va jamoatchilik hodisa joyidan uzoqlashishga chaqirilgan.
"Hozirda hodisa joyida bo‘lgan har bir kishi xavfsiz joyga yashirinishi lozim. Politsiya operatsiyasi hali ham davom etmoqda", — deyiladi politsiyaning rasmiy bayonotida.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, hujumda ishtirok etgan ikki gumonlanuvchidan biri hodisa joyida qo‘lga olingan, ikkinchisi esa otishma paytida o‘ldirilgan. O‘tkinchilardan biri erkakni qurolsizlantirgani va uning o‘qotar qurolini tortib olgani xabar qilindi.
ABC telekanaliga ko‘ra, hujumchilardan biri — Narvid Akram, u Sidney janubi-g‘arbidagi Bonnirigg tumanida yashagan. Tergov doirasida uning uyida tintuv o‘tkazilgan.
Yangi Janubiy Uels shtati politsiya komissari Mal Lenion hodisani rasman terrorchilik akti sifatida baholadi.
Mahalliy manbalarga ko‘ra, hujumdan so‘ng hududda qo‘lbola portlovchi qurilma topilgan va u zararsizlantirilgan.
OAV xabariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida avstraliyalik ravvin (yahudiy ruhoniysi) Eli Shlinger ham bo‘lgan. U Hanuka bayramida ishtirok etgan faol diniy shaxslardan biri bo‘lgan.
BNO News portali tomonidan tarqatilgan videoda ikki kishi qurol bilan otishma olib borayotgani aks etgan. Hodisa avvalida ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqalgan videoyozuvlar odamlar o‘rtasida shovqin va sarosimaga sabab bo‘ldi.