BMT: 15-dekabr — Butunjahon turkiy tillar kuni ilk bor nishonlanadi

© Sputnik / Baxrom XatamovTurizm v Uzbekistane
Turizm v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2025
Obuna bo‘lish
Mazkur sana joriy yil noyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan YuNESKO Bosh konferensiyasida qabul qilingan qaror asosida belgilangan.
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. 15 dekabr kuni xalqaro hamjamiyat ilk bor Butunjahon turkiy tillar kunini nishonlaydi. Bu haqda BMT Yangiliklar xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur sana joriy yil noyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan YuNESKO Bosh konferensiyasida qabul qilingan qaror asosida belgilangan. Tashkilot buni til xilma-xilligini tan olish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholamoqda.
Sananing tanlanishi ramziy ahamiyatga ega: 1983-yil 15-dekabrda daniyalik tilshunos Vilgelm Tomsen VIII asrga oid O‘rxun yozuvlarini o‘qishga muvaffaq bo‘lganini e’lon qilgan.
YuNESKO ma’lumotlariga ko‘ra, turkiy tillar oilasiga mansub tillar — ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, turk, turkman va o‘zbek tillari — 200 million nafardan ortiq inson uchun ona tili hisoblanadi. Tashabbus Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, 21 ta davlat qo‘llab-quvvatlagan.
2025 yildan boshlab Butunjahon turkiy tillar kuni munosabati bilan turli ilmiy va madaniy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Logotip YuNESKO. Arxivnoe foto
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.11.2025
YuNESKO 15-dekabrni Butunjahon turkiy tillar kuni deb e’lon qildi
Yangiliklar lentasi
0