https://oz.sputniknews.uz/20251105/unesco-butunjahon-turkiy-tillar-kun-53242358.html
YuNESKO 15-dekabrni Butunjahon turkiy tillar kuni deb e’lon qildi
YuNESKO 15-dekabrni Butunjahon turkiy tillar kuni deb e’lon qildi
Sputnik O‘zbekiston
YuNESKO 15-dekabrni Butunjahon turkiy tillar kuni deb e’lon qildi. Bu qaror turkiy tillarning madaniy nufuzini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantiradi.
2025-11-05T10:30+0500
2025-11-05T10:30+0500
2025-11-05T11:56+0500
o‘zbekiston
yunesko
samarqand
turkiy tilli millatlar
hamkorlik
jamiyat
madaniyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/05/53242475_0:43:1350:802_1920x0_80_0_0_9c5c9207977c99546b9a2df4709676bb.jpg
TOShKENT, 5 noya – Sputnik. Samarqandda bo‘lib o‘tgan YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida 15-dekabr – Butunjahon turkiy tillar kuni sifatida belgilandi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.Ushbu tashabbus O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston tomonidan YuNESKOga a’zo 26 ta davlat hammuallifligida ilgari surilgan.Ta’kidlanishicha, 15-dekabr sanasining tanlanishi bejiz emas: 1893-yil aynan shu kuni daniyalik tilshunos Vilgelm Tomsen O‘rxun yozuvlari alifbosini o‘qishga muvaffaq bo‘lganini e’lon qilgan edi. Bu turkiy tillarning ilmiy tadqiqotlardagi yangi bosqichini boshlab bergan muhim voqea hisoblanadi.Shundan kelib chiqib, turkiy tillarning umuminsoniy madaniyatga qo‘shgan hissasini yanada yoritish va saqlash zarurligi ta’kidlanadi.Kunni nishonlash doirasida turkiy tillarni ommalashtirishga qaratilgan ko‘rgazmalar, adabiy kechalar, ma’ruzalar, badiiy chiqishlar va boshqa madaniy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur tashabbus turkiy tilda so‘zlashuvchi davlatlar o‘rtasida madaniy va ilmiy hamkorlikni kuchaytirishga ham xizmat qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250918/turkiy-xalq-konferentsiya-rezolyutsiya-52043773.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/05/53242475_108:0:1308:900_1920x0_80_0_0_bde1c0b5c3ccb5f6a055a3b8dd82584c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yunesko, turkiy tillar kuni, 15-dekabr, turkiy tillar, orxon yozuvlari, vilgelm tomsen, madaniy meros, tilshunoslik, o‘zbekiston, turkiya, yeik, hamkorlik, global madaniyat, vilgelm tomsen, o‘rxun enasoy
yunesko, turkiy tillar kuni, 15-dekabr, turkiy tillar, orxon yozuvlari, vilgelm tomsen, madaniy meros, tilshunoslik, o‘zbekiston, turkiya, yeik, hamkorlik, global madaniyat, vilgelm tomsen, o‘rxun enasoy
YuNESKO 15-dekabrni Butunjahon turkiy tillar kuni deb e’lon qildi
10:30 05.11.2025 (yangilandi: 11:56 05.11.2025) Butunjahon turkiy tillar kuni joriy etilishi 200 millionga yaqin aholi madaniyatini jahon miqyosida tanitish va ilmiy-tadqiqotlar ulkan salohiyatini ochish imkonini beradi.
TOShKENT, 5 noya – Sputnik. Samarqandda bo‘lib o‘tgan YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida 15-dekabr – Butunjahon turkiy tillar kuni sifatida belgilandi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi
xabar berdi.
Ushbu tashabbus O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston tomonidan YuNESKOga a’zo 26 ta davlat hammuallifligida ilgari surilgan.
Ta’kidlanishicha, 15-dekabr sanasining tanlanishi bejiz emas: 1893-yil aynan shu kuni daniyalik tilshunos Vilgelm Tomsen O‘rxun yozuvlari alifbosini o‘qishga muvaffaq bo‘lganini e’lon qilgan edi. Bu turkiy tillarning ilmiy tadqiqotlardagi yangi bosqichini boshlab bergan muhim voqea hisoblanadi.
YuNESKO qarorida turkiy tillar 200 milliondan ortiq kishi uchun ona tili ekanligi va taxminan 12 million km² hududda tarqalgani qayd etilgan.
Shundan kelib chiqib, turkiy tillarning umuminsoniy madaniyatga qo‘shgan hissasini yanada yoritish va saqlash zarurligi ta’kidlanadi.
Kunni nishonlash doirasida turkiy tillarni ommalashtirishga qaratilgan ko‘rgazmalar, adabiy kechalar, ma’ruzalar, badiiy chiqishlar va boshqa madaniy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur tashabbus turkiy tilda so‘zlashuvchi davlatlar o‘rtasida madaniy va ilmiy hamkorlikni kuchaytirishga ham xizmat qiladi.