AES qurilishi bo‘yicha muhim bosqich: “O‘zatom” qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazmoqda

© Sputnik / Baxrom XatamovMaket budushey atomnoy elektrostansii (AES)
Maket budushey atomnoy elektrostansii (AES) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2025
Obuna bo‘lish
Jizzaxda AES qurilishi uchun maydon chegaralari tasdiqlandi, “O‘zatom” va “Rosatom” esa obyekt bo‘yicha qo‘shimcha muhandislik tadqiqotlarini 2026-yilgacha amalga oshiradi.
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Atom energiyasi agentligi (O‘zatom) 2026-yil 1-iyulga qadar Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi ishtirokida O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurilish maydonchasida qo‘shimcha muhandislik tadqiqotlarini amalga oshiradi. Bu RIA Novosti hukumat qarori matniga tayangan holda xabar berdi.
Qarorga muvofiq, Jizzax viloyati Forish tumanida, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimiga kiruvchi Tuzkon ko‘li yaqinida AES qurilishi amalga oshiriladigan maydon chegaralari tasdiqlandi. Umumiy hudud 1,105 ming gektarni tashkil etadi.
“Atom energiyasi agentligi loyihani amalga oshirishda belgilangan hudud chegaralariga rioya etilishini, shuningdek, 2026-yil 1-iyulgacha qo‘shimcha muhandislik tadqiqotlarining o‘tkazilishini ta’minlasin”, — deyiladi qaror matnida.
Shuningdek, hukumat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi bilan hamkorlikda AES qurilishi davrida loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishni topshirdi. Zarur hollarda xalqaro mutaxassislar ham jalb qilinadi.
2024 yil may oyida Toshkentda O‘zbekistonning Jizzax viloyatida kichik quvvatli atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha atom energetikasi tarixidagi birinchi eksport shartnomasi imzolangan edi. “Rosatom” stansiya qurilishining bosh pudratchisi etib belgilangan bo‘lib, loyihaga mahalliy kompaniyalar ham jalb etiladi.
O‘tgan yil sentabr oyida “O‘zatom” va “Atomstroyeksport” (“Rosatom”ning injiniring divizioni) AES qurilish maydonchasida ishlarni boshlash to‘g‘risida protokol imzolagan. Joriy yil oktabr oyida stansiya uchun xandaq qazilishi boshlandi. 2026-yil boshida “O‘zatom” stansiya qurilishi uchun ruxsatnoma olishni rejalashtirmoqda. Birinchi beton quyish 2025-yil mart oyiga mo‘ljallangan.
Shuningdek, joriy yil sentabr oyi oxirida Moskvada “Jahon atom haftaligi” forumi doirasida “Rosatom” va O‘zbekiston hukumati AES qurilishining yangi konfiguratsiyasi bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv imzoladi. Unga ko‘ra, loyiha tarkibiga 3+ avlod VVER-1000 turkumidagi ikkita yirik blok hamda quvvati 55 MVt bo‘lgan RITM-200N kichik reaktorli ikkita blok kiritiladi. Butun atom stansiyasini qurib bitirish 2035-yilgacha rejalashtirilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev pribil s rabochey poyezdkoy v Djizakskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2025
Mirziyoyev Jizzaxga tashrifi doirasida AES va yo‘l qurilishi bilan tanishdi
Yangiliklar lentasi
0