Mirziyoyev Jizzaxga tashrifi doirasida AES va yo‘l qurilishi bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev pribil s rabochey poyezdkoy v Djizakskuyu oblast
Prezident Shavkat Mirziyoyev pribil s rabochey poyezdkoy v Djizakskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2025
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda yo‘l infratuzilmasi va atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-dekabr kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurib, yo‘l infratuzilmasini yangilash va atom energetikasi loyihalarini amalga oshirish jarayonlari bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Viloyat markazini M-39 xalqaro avtomobil yo‘liga bog‘lash maqsadida 290 milliard so‘mlik yo‘l o‘tkazgich va 4 kilometrlik yangi yo‘l qurildi. U har kuni 14 mingdan ortiq transport vositasini o‘tkazish imkoniyatiga ega. Ilgari aholi 25 kilometrlik aylanma yo‘ldan foydalanardi, yangi inshoot esa masofani 4 kilometrgacha qisqartirdi. Temir yo‘l kesishmasi tufayli yuzaga kelardigan to‘xtashlar ham bartaraf etildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev pribil s rabochey poyezdkoy v Djizakskuyu oblast
Prezident Shavkat Mirziyoyev pribil s rabochey poyezdkoy v Djizakskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev pribil s rabochey poyezdkoy v Djizakskuyu oblast
Shu yerda prezidentga Jizzax viloyatida qurilayotgan atom elektr stansiyasi (AES) loyihalari taqdim etildi. Loyiha integratsiyalashgan ikki kam quvvatli va ikki katta reaktorni o‘z ichiga oladi.
Hozirgi paytda reaktor bloklari uchun kotlovan qazish, qurilish-montaj bazasini tayyorlash, beton va armatura ishlari amalga oshirilmoqda. Quruvchilar uchun vaqtinchalik turar-joy majmuasi barpo etilgan.
AES uchun qurilish materiallarini mahalliylashtirish, oliygohlarda mutaxassislar tayyorlash va stansiya xodimlari uchun 10 ming kishiga mo‘ljallangan monoshaharcha qurish rejalari ma’lum qilindi. Shaharcha AESdan 16 km masofada joylashib, to‘liq infratuzilma bilan ta’minlanadi.
Prezident ushbu yo‘nalishlarda mas’ullarga aniq vazifalarni belgilab berdi.
Obsujdeni voprosi ekologicheskoy stabilnosti, podgotovki k zime i pojarnoy bezopasnosti
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2025
Qishda elektr va gaz o‘chmasin — prezident yig‘ilishda yana qanday topshiriqlar berdi?
Yangiliklar lentasi
0