XVJ bilan inflyatsiyani pasaytirish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash muhokama qilindi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishMejdunarodniy valyutniy fond
Mejdunarodniy valyutniy fond - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va XVJ vakillari makroiqtisodiy barqarorlik, inflyatsiyani pasaytirish, xususiylashtirish va iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish masalalarini muhokama qildi
TOShKENT, 23 noya – Sputnik. Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) missiyasi doirasida O‘zbekiston bo‘yicha missiya rahbari Yasser Abdih boshchiligidagi delegatsiya va bosh vaziri o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda XVJ va O‘zbekistonning boshqa rasmiy vakillari ham ishtirok etdi.

Muzokaralarda mamlakat iqtisodiy va moliyaviy rivojlanishi, inflyatsiyani barqaror pasaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xususiylashtirish va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash choralari muhokama qilindi.

Shuningdek, budjet va soliq boshqaruvi, iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirish va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish yo‘lidagi erishgan natijalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar yakunida manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashinuvini davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal globalnogo direktora Vsemirnogo banka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2025
Mirziyoyev Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki rahbariyati bilan uchrashdi
Yangiliklar lentasi
0