https://oz.sputniknews.uz/20250917/prezident-world-bank-adb-uchrashuv-52025726.html
Mirziyoyev Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki rahbariyati bilan uchrashdi
Mirziyoyev Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki rahbariyati bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Jahon banki va OTB bilan infratuzilma va ijtimoiy loyihalarni muhokama qildi
2025-09-17T17:24+0500
2025-09-17T17:24+0500
2025-09-17T17:24+0500
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
uchrashuv
jahon banki
osiyo taraqqiyot banki (otb)
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/11/52025428_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_34696351253b7f800687b5ebc4296aee.jpg
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrida Jahon bankining global direktori Luis Felipe Lopes-Kalvani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Jahon banki bilan strategik sheriklikni, eng avvalo, kambag‘allikka qarshi kurashish sohasida yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.Ushbu global moliyaviy institut bilan amaliy hamkorlikda yuksak darajaga erishilgani qayd etildi.O‘zbekiston bankning makromintaqadagi yetakchi hamkorlaridan biridir. Loyihalar portfeli 14 milliard dollardan oshdi.Jahon bankining faol ko‘magida kambag‘allik darajasini aniqlash metodologiyasi ishlab chiqildi. Ayni paytda O‘zbekistonda kambag‘allik va tenglik ko‘rsatkichlari birgalikda diagnostika qilinmoqda.Xususiy sektor loyihalarini ilgari surish, o‘rta muddatli rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish, aholini ro‘yxatga olish va boshqa ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Inmin Yangni qabul qildi.Keyingi yillarda OTB bilan hamkorlik yuksak darajaga erishilgani qayd etildi. Bugungi kunda "yashil" energetika, transport, raqamli transformatsiya, ta’lim va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalar portfeli 14 milliard dollarni tashkil etmoqda.Kambag‘allikka qarshi kurashish, muhim minerallarni qayta ishlash, budjetni qo‘llab-quvvatlash, qo‘shma investitsiya platformasini yaratish bo‘yicha loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, bank Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish va uni kelgusi yilda O‘zbekistonda o‘tkazish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20250917/prezident-islamic-development-bank-sheriklik-dastur-52024873.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/11/52025428_69:0:1206:853_1920x0_80_0_0_90f2f1ce05d6f959463437905de4aba5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
prezident shavkat mirziyoyev, jahon banki global direktori, luis felipe lopes-kalvani, osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti inmin yang, o‘zbekiston – jahon banki hamkorlik, o‘zbekiston – otb hamkorlik, kambag‘allikka qarshi kurash, strategik sheriklik dasturi, infratuzilma loyihalari, ijtimoiy soha investitsiyalari, “yashil” energetika o‘zbekiston, raqamli transformatsiya, xususiy sektor qo‘llab-quvvatlash, 28 milliard dollarlik loyihalar
prezident shavkat mirziyoyev, jahon banki global direktori, luis felipe lopes-kalvani, osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti inmin yang, o‘zbekiston – jahon banki hamkorlik, o‘zbekiston – otb hamkorlik, kambag‘allikka qarshi kurash, strategik sheriklik dasturi, infratuzilma loyihalari, ijtimoiy soha investitsiyalari, “yashil” energetika o‘zbekiston, raqamli transformatsiya, xususiy sektor qo‘llab-quvvatlash, 28 milliard dollarlik loyihalar
Mirziyoyev Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki rahbariyati bilan uchrashdi
Przident Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki rahbariyati bilan uchrashib, kambag‘allikka qarshi kurash hamda infratuzilma va ijtimoiy sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrida Jahon bankining global direktori Luis Felipe Lopes-Kalvani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Jahon banki bilan strategik sheriklikni, eng avvalo, kambag‘allikka qarshi kurashish sohasida yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ushbu global moliyaviy institut bilan amaliy hamkorlikda yuksak darajaga erishilgani qayd etildi.
O‘zbekiston bankning makromintaqadagi yetakchi hamkorlaridan biridir. Loyihalar portfeli 14 milliard dollardan oshdi.
Jahon bankining faol ko‘magida kambag‘allik darajasini aniqlash metodologiyasi ishlab chiqildi. Ayni paytda O‘zbekistonda kambag‘allik va tenglik ko‘rsatkichlari birgalikda diagnostika qilinmoqda.
"Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirish doirasida xotin-qizlar va yoshlar uchun ish o‘rinlari yaratish, shahar va qishloqlarning ijtimoiy infratuzilmasini modernizatsiya qilish, turizmni rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan qo‘shma loyiha tayyorlash taklif qilindi.
Xususiy sektor loyihalarini ilgari surish, o‘rta muddatli rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish, aholini ro‘yxatga olish va boshqa ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Inmin Yangni
qabul qildi.
Keyingi yillarda OTB bilan hamkorlik yuksak darajaga erishilgani qayd etildi. Bugungi kunda "yashil" energetika, transport, raqamli transformatsiya, ta’lim va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalar portfeli 14 milliard dollarni tashkil etmoqda.
Davlat rahbari OTB bilan infratuzilma, davlat-xususiy sheriklik, biznes, ijtimoiy soha va kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli strategik sheriklik dasturini tayyorlash muhimligini qayd etdi.
Kambag‘allikka qarshi kurashish, muhim minerallarni qayta ishlash, budjetni qo‘llab-quvvatlash, qo‘shma investitsiya platformasini yaratish bo‘yicha loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, bank Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish va uni kelgusi yilda O‘zbekistonda o‘tkazish chora-tadbirlari muhokama qilindi.