https://oz.sputniknews.uz/20251028/saidov-elchilar-ishonch-yorliqlarqildi-53035465.html
Saidov bir qator yangi tayinlangan xorijiy elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qildi
Saidov bir qator yangi tayinlangan xorijiy elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qildi
Sputnik O‘zbekiston
Baxtiyor Saidov Serbiya, Yaponiya va Dominikan Respublikasining yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Uchrashuvlarda siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish muhokama qilindi.
2025-10-28T15:50+0500
2025-10-28T15:50+0500
2025-10-28T15:50+0500
o‘zbekiston
diplomatik munosabatlar
diplomatlar
serbiya
yaponiya
dominikana
siyosat
baxtiyor saidov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/1c/53034952_0:93:1281:813_1920x0_80_0_0_6e49f4fca862f942fa52f0779ae3d8b5.jpg
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatda o‘z faoliyatini boshlayotgan qator davlatlarning elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Serbiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Momchilo Babich bilan uchrashuv chog‘ida siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi do‘stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlashga ikki tomonlama tayyorlik bildirildi.Shuningdek, vazir Yaponiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Kenji Xirataning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Suhbatda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik kun tartibining o‘zaro manfaatli tashabbuslar va loyihalar bilan kengayib borayotgani qayd etildi.Baxtiyor Saidov Dominikan Respublikasining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Alexandro Arias Sarsuela bilan ham uchrashdi. Unda uzoq masofaga qaramay, barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250917/russia-elchi-ishonch-yorliq-nusxa-52028223.html
o‘zbekiston
serbiya
yaponiya
dominikana
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/1c/53034952_36:0:1243:905_1920x0_80_0_0_f431ea0b713125aaa3d40e5dce62cec4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston tiv, baxtiyor saidov, ishonch yorliqlari, yangi elchilar, serbiya elchisi, yaponiya elchisi, dominikan respublikasi, ikki tomonlama hamkorlik, diplomatik munosabatlar
o‘zbekiston tiv, baxtiyor saidov, ishonch yorliqlari, yangi elchilar, serbiya elchisi, yaponiya elchisi, dominikan respublikasi, ikki tomonlama hamkorlik, diplomatik munosabatlar
Saidov bir qator yangi tayinlangan xorijiy elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qildi
Tashqi ishlar vaziri Serbiya, Yaponiya va Dominikan Respublikasining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatda o‘z faoliyatini boshlayotgan qator davlatlarning elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Serbiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Momchilo Babich bilan uchrashuv chog‘ida siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi do‘stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlashga ikki tomonlama tayyorlik bildirildi.
Shuningdek, vazir Yaponiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Kenji Xirataning ishonch yorliqlari nusxalarini
qabul qildi. Suhbatda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik kun tartibining o‘zaro manfaatli tashabbuslar va loyihalar bilan kengayib borayotgani qayd etildi.
Baxtiyor Saidov Dominikan Respublikasining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Alexandro Arias Sarsuela bilan
ham uchrashdi. Unda uzoq masofaga qaramay, barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi.