Rossiyaning yangi elchisi TIV rahbariga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi

© press-slujba MID Respubliki Uzbekistan Glava MID Uzbekistana Baxtiyor Saidov prinyal kopii veritelnix gramot ot vnov naznachennogo posla Rossii Alekseya Yerxova.

Glava MID Uzbekistana Baxtiyor Saidov prinyal kopii veritelnix gramot ot vnov naznachennogo posla Rossii  Alekseya Yerxova.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2025
Obuna bo‘lish
Baxtiyor Saidov Rossiya elchisiga mamlakatimizdagi diplomatik faoliyatida yuksak muvaffaqiyatlar tilab qolishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 17 sen – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Aleksey Yerxovdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdik. Ikki tomonlama kun tartibimizni ilgari surish va barcha sohalarda hamkorligimizni kengaytirishda yaqindan hamkorlik qilamiz. Elchi janoblariga mamlakatimizdagi diplomatik faoliyatida yuksak muvaffaqiyatlar tilab qolamiz”, – deya yozdi Saidov o‘zining Telegram-kanalida.

Eslatib o‘tamiz, 5-sentabr kuni Aleksey Yerxov Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi yangi elchisi lavozimiga tayinlangan edi. Bungacha u aynan shu maqomda Rossiyaning Turkiyadagi diplomatik missiyasini muvaffaqiyatli ravishda yakunlagan.
Press-sentr Sputnik Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2025
Matbuot markazi
Anons: Rossiya oliygohlarida ta’lim olishga qiziqish nega ortib bormoqda
Yangiliklar lentasi
0