https://oz.sputniknews.uz/20251028/firibgarlik-holat-53024233.html
Toshkentda 35 ming dollar pora talab qilgan sobiq soliqchi qo‘lga olindi
Toshkentda 35 ming dollar pora talab qilgan sobiq soliqchi qo‘lga olindi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda MChJ hisobchisi QQSni qaytarib berishni talab qilib, 20 500 dollar olayotganda ushlandi. Unga nisbatan JKning 168, 28 va 211-moddalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi.
2025-10-28T10:53+0500
2025-10-28T10:53+0500
2025-10-28T10:53+0500
soliq
davlat xavfsizlik xizmati (dxx)
firibgar
pora
jinoyat
jinoyat kodeksi
toshkent
hodisalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/1c/23017910_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_d5869965c7ffe86ccb27c67b93ab5e41.jpg
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Toshkentda firibgarlik bilan 35 ming dollar pora talab qilgan sobiq soliq xodimi ushlandi va unga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, muqaddam soliq idoralarida ishlagan, hozirda Toshkent shahridagi transport va logistika xizmatlari ko‘rsatuvchi MChJda hisobchi bo‘lib ishlayotgan fuqaro bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi MChJga 17 mlrd so‘mlik qo‘shilgan qiymat solig‘ining manfiy farq summasini qaytarish hamda uning to‘xtatilgan QQS guvohnomasini qayta faollashtirib berish evaziga 35 ming dollar talab qilgan. Bu ishni u o‘zining sobiq hamkasblari imkoniyatlari orqali hal qilishini aytgan.Holat yuzasidan hisobchi va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi (firibgarlik) va 28 hamda 211-moddalar 3-qismlari (pora berish jinoyatiga dalolatchilik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Dastlabki tergov harakatlari davomida u o‘zining yordamini Soliq qo‘mitasining katta inspektori orqali hal qilishi kerakligi aniqlanib, mazkur davlat xizmatchisi ham jinoyat ishiga gumonlanuvchi sifatida jalb etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20251008/dxx-departament-25-ming-dollar-pora-52545209.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/1c/23017910_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_8b2860a9d73ba99445846250fe6ba849.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent, pora, hisobchi, qqs, manfiy farq, firibgarlik, dxx, soliq, jinoyat ishi, 20 500 dollar
toshkent, pora, hisobchi, qqs, manfiy farq, firibgarlik, dxx, soliq, jinoyat ishi, 20 500 dollar
Toshkentda 35 ming dollar pora talab qilgan sobiq soliqchi qo‘lga olindi
Qo‘shilgan qiymat solig‘i masalasini hal qilib berish evaziga 35 ming dollar talab qilgan hisobchi shu summaning 20 500 dollarini olayotgan vaqtida ushlandi.
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Toshkentda firibgarlik bilan 35 ming dollar pora talab qilgan sobiq soliq xodimi ushlandi va unga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, muqaddam soliq idoralarida ishlagan, hozirda Toshkent shahridagi transport va logistika xizmatlari ko‘rsatuvchi MChJda hisobchi bo‘lib ishlayotgan fuqaro bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi MChJga 17 mlrd so‘mlik qo‘shilgan qiymat solig‘ining manfiy farq summasini qaytarish hamda uning to‘xtatilgan QQS guvohnomasini qayta faollashtirib berish evaziga 35 ming dollar talab qilgan. Bu ishni u o‘zining sobiq hamkasblari imkoniyatlari orqali hal qilishini aytgan.
DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u MChJ ta’sischisidan 20 500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan hisobchi va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi (firibgarlik) va 28 hamda 211-moddalar 3-qismlari (pora berish jinoyatiga dalolatchilik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Dastlabki tergov harakatlari davomida u o‘zining yordamini Soliq qo‘mitasining katta inspektori orqali hal qilishi kerakligi aniqlanib, mazkur davlat xizmatchisi ham jinoyat ishiga gumonlanuvchi sifatida jalb etildi.