https://oz.sputniknews.uz/20251008/dxx-departament-25-ming-dollar-pora-52545209.html
DXX: Toshkent viloyatida prokuratura organlari xodimlari 25 ming dollar bilan ushlandi
DXX: Toshkent viloyatida prokuratura organlari xodimlari 25 ming dollar bilan ushlandi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatining Bekobod shahrida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ikki xodimi pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Ular sud ishini ijobiy hal qilish va soliq tekshiruvlarini “noqonuniy” deb topishni va’da qilgan.
2025-10-08T15:00+0500
2025-10-08T15:00+0500
2025-10-08T15:06+0500
o‘zbekiston
jamiyat
pora
jinoyat
davlat xavfsizlik xizmati (dxx)
bekobod tumani
guliston tumani
prokuratura
soliq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1b/23588563_0:247:832:715_1920x0_80_0_0_2596e8ca33bc4e75ae6be19aadf72320.jpg
TOShKENT, 8 okt – Sputnik. Toshkent viloyati Bekobod shahrida prokuratura organlari xodimlarining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot xizmati xabar berdi.Xabarda aytilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Guliston tuman bo‘limi boshlig‘i hamda Bekobod shahar bo‘limi katta tezkor vakili fuqarodan 25 ming dollar olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Ma’lum bo‘lishicha, ular Zangiota tumanida faoliyat yurituvchi 4 ta MChJning norasmiy rahbari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 184-moddasi 3-qismi (soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, hozirda Zangiota tuman sudida ko‘rilayotgan ishni ularning foydasiga ijobiy hal qilishni hamda Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasi tomonidan 2 ta MChJda o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvlarini noqonuniy deb topib berishni va’da qilishgan. ️Hozirda ularga nisbatan JKning 168-moddasi 4-qismi (firibgarli) va 28,211-moddasi 3-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Gumonlanuvchilarga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250902/namangan-hokim-pora-ushlanish-51675701.html
o‘zbekiston
bekobod tumani
guliston tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1b/23588563_0:71:832:695_1920x0_80_0_0_0c29ef73985bb1318dbded373c5e89bc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bekobod, dxx, davlat xavfsizlik xizmati, pora, korrupsiya, departament, bosh prokuratura, iqtisodiy jinoyatlar, soliq tekshiruvi, zangiota sudi, mchj, tergov, firibgarlik, pora olish, qamoq, o‘zbekiston, uzbekiston, dxx,
bekobod, dxx, davlat xavfsizlik xizmati, pora, korrupsiya, departament, bosh prokuratura, iqtisodiy jinoyatlar, soliq tekshiruvi, zangiota sudi, mchj, tergov, firibgarlik, pora olish, qamoq, o‘zbekiston, uzbekiston, dxx,
DXX: Toshkent viloyatida prokuratura organlari xodimlari 25 ming dollar bilan ushlandi
15:00 08.10.2025 (yangilandi: 15:06 08.10.2025) DXX o‘tkazgan tezkor tadbirda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ikki xodimi pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Ulardan biri 25 ming dollar olgan paytda ushlangan.
TOShKENT, 8 okt – Sputnik. Toshkent viloyati Bekobod shahrida prokuratura organlari xodimlarining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot xizmati
xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Guliston tuman bo‘limi boshlig‘i hamda Bekobod shahar bo‘limi katta tezkor vakili fuqarodan 25 ming dollar olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, ular Zangiota tumanida faoliyat yurituvchi 4 ta MChJning norasmiy rahbari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 184-moddasi 3-qismi (soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, hozirda Zangiota tuman sudida ko‘rilayotgan ishni ularning foydasiga ijobiy hal qilishni hamda Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasi tomonidan 2 ta MChJda o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvlarini noqonuniy deb topib berishni va’da qilishgan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, xodimlar jinoyat ishi doirasida soliq tekshiruvi o‘tkazish orqali aniqlangan zarar miqdorini kamaytirish evaziga MChJlarning norasmiy rahbaridan muqaddam 108 ming dollar ham olishgan.
️Hozirda ularga nisbatan JKning 168-moddasi 4-qismi (firibgarli) va 28,211-moddasi 3-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchilarga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.