Xarajatlarni qisqartirish, YaIMni 150 mlrd $ ga yetkazish: 2026-yil uchun rejalar ma’lum bo‘ldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSoveshanie po rassmotreniyu ojidayemix rezultatov ekonomicheskogo razvitiya v tekushem godu i osnovnix makroekonomicheskix pokazateley na 2026 god
Soveshanie po rassmotreniyu ojidayemix rezultatov ekonomicheskogo razvitiya v tekushem godu i osnovnix makroekonomicheskix pokazateley na 2026 god - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2025
Obuna bo‘lish
Prezident rahbarligidagi yig‘ilishda joriy yil natijalari va 2026-yil budjet yo‘nalishlari ko‘rib chiqilib, xarajatlarni qisqartirish va samaradorlikni oshirish topshiriqlari berildi.
TOShKENT, 27 okt – Sputnik. Prezident huzurida o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishda joriy yil natijalari va 2026-yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar muhokama qilindi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yanvar–sentabr oylarida iqtisodiyot 7,6 foizga o‘sdi. Sanoat – 6,8 foiz, qurilish – 14,2 foiz, xizmatlar – 14 foiz, qishloq xo‘jaligi – 4,1 foizga oshdi. Oltin-valyuta zaxiralari 55 milliard dollarga yetdi. “Fitch”, “Moody’s” va “S&P Global” O‘zbekiston iqtisodiyotiga oid prognozlarini yaxshiladi.
Aholi daromadlari 18,4 foizga, omonatlar 35,3 foizga, o‘rtacha ish haqi 19,2 foizga oshdi. Prezident YaIMni yil yakunida 135 milliard dollardan oshirish vazifasini belgiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSoveshanie po rassmotreniyu ojidayemix rezultatov ekonomicheskogo razvitiya v tekushem godu i osnovnix makroekonomicheskix pokazateley na 2026 god
Soveshanie po rassmotreniyu ojidayemix rezultatov ekonomicheskogo razvitiya v tekushem godu i osnovnix makroekonomicheskix pokazateley na 2026 god - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2025
Soveshanie po rassmotreniyu ojidayemix rezultatov ekonomicheskogo razvitiya v tekushem godu i osnovnix makroekonomicheskix pokazateley na 2026 god
Yig‘ilishda mutasaddilar tomonidan 2026-yilda o‘sish 6,6 foiz darajasida ta’minlanib, YaIM 150 milliard dollardan oshirilishi, iqtisodiyotga kamida 400 trillion so‘m yo‘naltirilishi va inflyatsiya 7 foizdan oshmasligi prognoz qilinganligi yuzasidan axborot berdi.
Prezident tomonidan xarajatlarni qisqartirish, samaradorlikni oshirish, tannarxni kamaytirish, xususiy sektor ulushini ko‘paytirish, davlat korxonalari dividend siyosati va subsidiyalar samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha vazifalar qo‘yildi.
Yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish va mahalliy budjetlar daromadini oshirish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.
Xalqaro moliya ishtirokidagi loyihalarni tezlashtirish hamda yangi loyihalarga resurs jalb qilish faqat mavjudlarini yakunlagandan keyin amalga oshirish vazifasi qo‘yildi.
Budjetdan tashqari jamg‘armalardagi qoldiq mablag‘larning yarmini alohida jamg‘armaga o‘tkazib, maktablar qurilishi va tibbiyotga yo‘naltirish bo‘yicha topshiriq berildi.
Yig‘ilish natijasiga ko‘ra, 2026-yil Davlat budjeti loyihasining asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.
Prezidentu predstavlena informatsiya o kompleksnom razvitii stolisi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2025
Toshkentda yangi sanoat zonasi va tezkor avtobus tizimi — prezident taqdimot bilan tanishdi
Yangiliklar lentasi
0