Toshkentda yangi sanoat zonasi va tezkor avtobus tizimi — prezident taqdimot bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezidentu predstavlena informatsiya o kompleksnom razvitii stolisi
Prezidentu predstavlena informatsiya o kompleksnom razvitii stolisi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2025
Obuna bo‘lish
Prezident Mirziyoyev “Yangi avlod” sanoat zonasini rivojlantirish, “DP World” bilan logistika terminali qurish va 10 ta ko‘chada BRT -tezkor avtobus tizimini joriy etish rejalari bilan tanishdi
TOShKENT, 17 okt – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevga poytaxtni kompleks rivojlantirish, sanoat va transport infratuzilmasini yaxshilash masalalari yuzasidan axborot berildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Taqdimotda “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasini rivojlantirish rejalari ko‘rib chiqildi.
774 gektar maydonda tashkil etilgan mazkur hududda hozirgacha 268 gektarda 28 ta loyiha amalga oshirilmoqda, ularning umumiy qiymati esa 800 million dollarga teng. Yana 300 gektarda joylashadigan 30 ta loyiha bo‘yicha investorlar aniqlangan bo‘lib, umumiy investitsiyalarning hajmi 400 million dollarni tashkil etadi.
Sanoat zonasida 288 million dollar investitsiya hisobiga multimodal logistika terminali barpo etish loyihasi ham ko‘rib chiqildi.
Loyiha Dubayning “DP World” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Terminal ishga tushgach, poytaxt va Toshkent viloyatining logistika imkoniyatlari kengayadi, eksport va import operatsiyalari tezlashadi.
Yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash maqsadida Shota Rustaveli ko‘chasidagi tajribadan kelib chiqib, “BRT”- Bus rapid transit (Tezkor avtobus) tizimi asosida yana 10 ta ko‘chada shunday qurilish ishlari boshlanadi.
Kelgusi yilda mahallalarni obodonlashtirish, gastronomik ko‘chalar qurish va sug‘orish tizimlarini yangilash ishlariga mahalliy budjetdan 1 trillion so‘m yo‘naltirilishi belgilandi.
Shuningdek, taqdimot davomida Buxoro shahrining sayyohlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytirish rejalari ko‘rib chiqildi.
Shavkat Mirziyoyev sanoat zonalarini ko‘zdan kechirdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2025
Shavkat Mirziyoyev sanoat zonalarini ko‘zdan kechirdi – tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0