https://oz.sputniknews.uz/20251021/india-surxondaryo-650-million-investitsiya-52860223.html
Hind kompaniyasi Surxondaryoga 650 mln dollar investitsiya kiritadi
Hind kompaniyasi Surxondaryoga 650 mln dollar investitsiya kiritadi
Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryo viloyatida Hindistonning “GlokalEuroasia” kompaniyasi mis qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha 650 million dollarlik loyihani amalga oshiradi. Loyiha 350 ta yangi ish o‘rni yaratadi.
2025-10-21T12:00+0500
2025-10-21T12:00+0500
2025-10-21T12:00+0500
mis
o‘zbekiston
hamkorlik
iqtisod
surxondaryo
hindiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/15/52860013_0:67:1285:789_1920x0_80_0_0_a10ec32d152fd17837365bd1bc993ce7.png
TOShKENT, 21 okt – Sputnik. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “GlokalEuroasia” kompaniyasi rahbari Iqbol Muhammad bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv chog‘ida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladigan yangi kelishuvlarga erishildi, deb xabar berdi “Dunyo” axborot agentligi.“GlokalEuroasia” Uzun tumanida mis qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha 650 million dollarlik yirik loyiha amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Loyiha doirasida har yili 10 ming tonna mis qazib oladigan va qayta ishlaydigan korxona tashkil etiladi.Shuningdek, hindistonlik hamkorlar viloyatda oliy ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish niyatini bildirdi. Ular mintaqada xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish va xorijiy talabalarni jalb qilishga qiziqish bildirdi.“GlokalEuroasia” tog‘-kon sanoati, ta’lim va tibbiyot sohalarida yirik xalqaro loyihalarni amalga oshirish tajribasiga ega kompaniya hisoblanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250815/surxondaryo-yuk-avtomashina-51261446.html
o‘zbekiston
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/15/52860013_0:0:1141:855_1920x0_80_0_0_3d6bb54ed1db9c467f665f8ff8b6b9ad.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
surxondaryo, glokaleuroasia, mis qazib olish, investitsiya, yangi ish o‘rni, industriya, uzun tumani, iqbol muhammad, ulug‘bek qosimov, hindiston, xindiston, ta’lim
surxondaryo, glokaleuroasia, mis qazib olish, investitsiya, yangi ish o‘rni, industriya, uzun tumani, iqbol muhammad, ulug‘bek qosimov, hindiston, xindiston, ta’lim
Hind kompaniyasi Surxondaryoga 650 mln dollar investitsiya kiritadi
Hindistonning “GlokalEuroasia” kompaniyasi Surxondaryo viloyatida 650 million dollarlik mis qazib chiqarish loyihasi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
TOShKENT, 21 okt – Sputnik. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “GlokalEuroasia” kompaniyasi rahbari Iqbol Muhammad bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv chog‘ida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladigan yangi kelishuvlarga erishildi, deb
xabar berdi “Dunyo” axborot agentligi.
“GlokalEuroasia” Uzun tumanida mis qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha 650 million dollarlik yirik loyiha amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Loyiha doirasida har yili 10 ming tonna mis qazib oladigan va qayta ishlaydigan korxona tashkil etiladi.
Hududda geologiya-qidiruv ishlarining dastlabki ikki bosqichi muvaffaqiyatli yakunlangan. Loyiha amalga oshirilgandan so‘ng 350 ta yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.
Shuningdek, hindistonlik hamkorlar viloyatda oliy ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish niyatini bildirdi. Ular mintaqada xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish va xorijiy talabalarni jalb qilishga qiziqish bildirdi.
“GlokalEuroasia” tog‘-kon sanoati, ta’lim va tibbiyot sohalarida yirik xalqaro loyihalarni amalga oshirish tajribasiga ega kompaniya hisoblanadi.