Rossiyadan O‘zbekistonga gaz importi hajmi oshiriladi

© Foto : Press-slujba pravitelstvo RF Aleksandr Novak: Vajneyshaya sfera vzaimodeystviya mejdu Rossiyey i Uzbekistanom – energetika
Aleksandr Novak: Vajneyshaya sfera vzaimodeystviya mejdu Rossiyey i Uzbekistanom – energetika  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2025
Obuna bo‘lish
Import hajmi yiliga 7,7 milliard kub metrgacha ko‘payadi — bu 2024-yilga nisbatan 2 milliard kub metr ko‘p demakdir.
TOShKENT, 17 okt – Sputnik. O‘zbekiston 2025-yilda Rossiyadan qo‘shimcha 2 milliard kub metrdan ortiq tabiiy gaz import qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi hukumat portali ma’lum qildi.
Rossiya energetika haftaligi doirasida O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari Aleksandr Novak o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Rossiya hukumati "Gazprom" kompaniyasi O‘zbekistonga yiliga 7,7 milliard kub metr tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomani bajarishda davom etayotganini ma’lum qildi. Qayd etilgan hajm 2024-yildagi yetkazib berishdan 2 milliard kub metr ko‘proqdir.
Xabarda gaz, jumladan, suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berish hajmini oshirish uchun "sezilarli istiqbollar" mavjudligi ham ta’kidlangan.
Bundan tashqari, Rossiya hukumati 2024-yilda O‘zbekistonga 233,5 ming tonna Rossiya nefti yetkazib berilganini ma’lum qildi. Ikki davlat neft-gaz kompaniyalari O‘zbekiston hududidagi qazib olish qiyin bo‘lgan konlarni o‘zlashtirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
Amurskiy gazopererabativayushiy zavod - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2025
Gazprom: O‘zbekistonga eksporti 15 foizga ko‘paydi
Yangiliklar lentasi
0