Gazprom: O‘zbekistonga eksporti 15 foizga ko‘paydi

© Sputnik / Pavel Lvov / Mediabankka o‘tishAmurskiy gazopererabativayushiy zavod
Amurskiy gazopererabativayushiy zavod - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2025
Obuna bo‘lish
Rossiyaning O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga gaz yetkazib berish hajmi sakkiz oyda 15 foizga oshdi.
TOShKENT, 9 okt – Sputnik. Rossiyaning O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga gaz yetkazib berish hajmi 2025-yilning sakkiz oyida 15 foizga oshdi. Bu haqda “Gazprom” boshqaruv raisi Aleksey Miller Sankt-Peterburg xalqaro gaz forumida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda iqtisodiyot tez sur’atlarda o‘smoqda va keyingi 5–6 yil ichida 60 foizgacha o‘sishi prognoz qilinmoqda. Bu esa energiya, jumladan, tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojning ortishiga olib keladi.
“Biz 2025-yilning sakkiz oylik natijasini 2024-yilning shu davri bilan taqqosladik. Rossiyadan Markaziy Osiyoga — ya’ni O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonga — gaz yetkazib berish hajmi 15 foizga ko‘paydi. Bu katta hajm”, — dedi Miller.
Uning ta’kidlashicha, “Sibir kuchi –2” megaloyihasi doirasidagi tashabbuslar mazkur mintaqalarga gaz yetkazib berish hajmini yanada oshirishda muhim omil bo‘ladi.
Shuningdek, u ekspertlar fikriga ko‘ra, Xitoyda gaz iste’moli kelgusi besh yil ichida 45 foizga ortib, yiliga 618 milliard kub metrga yetishi kutilmoqda.
zaglushka ko‘mir - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2025
O‘zbekistonda ko‘mir, neft va gaz ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari – infografika
Yangiliklar lentasi
0