https://oz.sputniknews.uz/20251017/putin-rt-telekanal-yubiley-52796840.html
Putin RT telekanalini yubiley bilan tabrikladi
Putin RT telekanalini yubiley bilan tabrikladi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Russia Today” (RT) telekanalini 20-yillik yubileyi bilan tabrikladi
2025-10-17T17:16+0500
2025-10-17T17:16+0500
2025-10-17T17:29+0500
dunyoda
rossiya
matbuot
yubiley
russia today (rt)
vladimir putin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/11/52796669_0:4:3335:1879_1920x0_80_0_0_dafeff6a6120ed6f6330e6dc8332b119.jpg
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Russia Today” (RT) telekanalini 20-yillik yubileyi bilan tabriklab, tahririyat xodimlarining kasbga yondashuvini alohida e’tirof etdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun dunyo bo‘ylab millionlab tomoshabinlar aynan RT orqali global voqealarga munosabat bildirishni afzal ko‘rmoqda. Garchi kanal an’anaviy axborot oqimlariga qarshi borayotgan bo‘lsa-da, Putin RTni xalqaro axborot maydonida o‘z o‘rnini topgan va tez rivojlanayotgan media deb atadi.RT telekanali 2005-yil 10-dekabrda ingliz tilidagi dasturlar bilan ish boshlagan. Keyinchalik rus, arab, ispan, fransuz, nemis va serb tillarida ham efirga chiqqan. Tashkil etilganidan buyon kanalga bosh muharrir sifatida Margarita Simonyan rahbarlik qilib keladi.Yubiley munosabati bilan Putin kanal jamoasiga global kun tartibidagi asosiy masalalarga o‘z mustaqil pozitsiyasini saqlagan holda faoliyatini davom ettirishni tiladi. Shuningdek, u xalqaro bosimlarga, cheklov va sanksiyalarga qaramay, RT o‘z mavqeyini yo‘qotmaganini alohida e’tirof etdi.Bugungi kunda RTning umumiy tomoshabinlar soni 1 milliardga yaqinlashgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha, 2024-yilda RT loyihalari 23,8 milliarddan ortiq ko‘rishlar soniga ega bo‘lgan.
https://oz.sputniknews.uz/20230719/putin-garb-rt-telekanali-36988110.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/11/52796669_0:0:2505:1879_1920x0_80_0_0_1847854cfb651c103e155025423e2186.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya prezidenti vladimir putin russia today rt telekanalini 20-yillik yubileyi bilan tabriklab, tahririyat xodimlarining kasbga yondashuvi va halolligini alohida e’tirof etdi rossiya prezidenti vladimir putin russia today rt telekanalini 20-yillik yubileyi bilan tabriklab, tahririyat xodimlarining kasbga yondashuvi va halolligini alohida e’tirof etdi
rossiya prezidenti vladimir putin russia today rt telekanalini 20-yillik yubileyi bilan tabriklab, tahririyat xodimlarining kasbga yondashuvi va halolligini alohida e’tirof etdi rossiya prezidenti vladimir putin russia today rt telekanalini 20-yillik yubileyi bilan tabriklab, tahririyat xodimlarining kasbga yondashuvi va halolligini alohida e’tirof etdi
Putin RT telekanalini yubiley bilan tabrikladi
17:16 17.10.2025 (yangilandi: 17:29 17.10.2025) Mevali daraxtga tosh otiladi – taqiqlarga qaramay xolislikka sodiq qolgan nashr tavalludi.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Russia Today” (RT) telekanalini 20-yillik yubileyi bilan tabriklab, tahririyat xodimlarining kasbga yondashuvini alohida e’tirof etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun dunyo bo‘ylab millionlab tomoshabinlar aynan RT orqali global voqealarga munosabat bildirishni afzal ko‘rmoqda. Garchi kanal an’anaviy axborot oqimlariga qarshi borayotgan bo‘lsa-da, Putin RTni xalqaro axborot maydonida o‘z o‘rnini topgan va tez rivojlanayotgan media deb atadi.
“Sizlar axborotni yuqori professionallik, samimiyat va xolislik bilan taqdim etapsiz. Aynan shu yondashuv, haqiqatni aytishga bo‘lgan e’tiqod tomoshabinlarni o‘ziga jalb etmoqda. Men sizlarni bu yutuqlaringiz bilan tabriklayman”, — dedi Putin.
RT telekanali 2005-yil 10-dekabrda ingliz tilidagi dasturlar bilan ish boshlagan. Keyinchalik rus, arab, ispan, fransuz, nemis va serb tillarida ham efirga chiqqan. Tashkil etilganidan buyon kanalga bosh muharrir sifatida Margarita Simonyan rahbarlik qilib keladi.
Yubiley munosabati bilan Putin kanal jamoasiga global kun tartibidagi asosiy masalalarga o‘z mustaqil pozitsiyasini saqlagan holda faoliyatini davom ettirishni tiladi. Shuningdek, u xalqaro bosimlarga, cheklov va sanksiyalarga qaramay, RT o‘z mavqeyini yo‘qotmaganini alohida e’tirof etdi.
Bugungi kunda RTning umumiy tomoshabinlar soni 1 milliardga yaqinlashgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha, 2024-yilda RT loyihalari 23,8 milliarddan ortiq ko‘rishlar soniga ega bo‘lgan.