“Haqiqatdan qo‘rqishadi”: Putin G‘arb nega RT telekanalini yopayotgani haqida
“Haqiqatdan qo‘rqishadi”: Putin G‘arb nega RT telekanalini yopayotgani haqida
Sputnik O‘zbekiston
G‘arb mamlakatlari Russia Today (RT) telekanalini yopib, to‘siqlar yaratmoqda, chunki haqiqatdan qo‘rqishadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. G‘arb mamlakatlari Russia Today (RT) telekanalini yopib, to‘siqlar yaratmoqda, chunki haqiqatdan qo‘rqishadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.“Hamma joyda, aslini olganda, bizning G‘arb auditoriyasiga mo‘ljallangan yagona resursimizni yopishmoqda – bu Russia Today. Har yerda yopishmoqda, g‘ov bo‘lishapti – haqiqatdan qo‘rqishadi”, - dedi Putin “Rossiya – imkoniyatlar mamlakati” avtonom notijorat tashkiloti kuzatuvchilar kengashi majlisida.Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagandan so‘ng Moskvaga qarshi ko‘plab sanksiyalar kiritildi, jumladan, G‘arbda Sputnik agentligi va RT telekanali bloklandi. Agentlik va telekanalining YouTube va Meta* platformasidagi sahifalari o‘chirib tashlandi.Meta (Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlari) faoliyati Rossiyada ekstremistik sifatida tan olinib taqiqlangan.
Rossiya prezidenti G‘arb mamlakatlari haqiqatdan qo‘rqishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. G‘arb mamlakatlari Russia Today (RT) telekanalini yopib, to‘siqlar yaratmoqda, chunki haqiqatdan qo‘rqishadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
“Hamma joyda, aslini olganda, bizning G‘arb auditoriyasiga mo‘ljallangan yagona resursimizni yopishmoqda – bu Russia Today. Har yerda yopishmoqda, g‘ov bo‘lishapti – haqiqatdan qo‘rqishadi”, - dedi Putin “Rossiya – imkoniyatlar mamlakati” avtonom notijorat tashkiloti kuzatuvchilar kengashi majlisida.
Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagandan so‘ng Moskvaga qarshi ko‘plab sanksiyalar kiritildi, jumladan, G‘arbda Sputnik agentligi va RT telekanali bloklandi. Agentlik va telekanalining YouTube va Meta* platformasidagi sahifalari o‘chirib tashlandi.
Rossiya maxsus operatsiyasi
Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.