Mirziyoyev: MDH xavfsizlik organlari harakatlarini muvofiqlashtirishi kerak

© Press-slujba SGBV Samarkande proxodit zasedanie rukovoditeley organov bezopasnosti gosudarstv SNG
V Samarkande proxodit zasedanie rukovoditeley organov bezopasnosti gosudarstv SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2025
Obuna bo‘lish
MDH suverenetiti va hududiy yaxlitligiga tahdidlar xavfsizlik xizmatlarining ustuvor vazifasiga aylanishi kerak — Mirziyoyev.
TOShKENT, 17 okt – Sputnik. Samarqand shahrida boshlangan MDH xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlarining 21-majlisida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ishtirokchilarga yo‘llagan murojaati o‘qib eshittirildi.
Murojaatni Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Maxmudov yetkazdi.
Unda dunyodagi murakkab geosiyosiy vaziyat, qurolli mojarolarning tobora keskinlashib borayotgani va ularning keng ko‘lamli urushga aylanib ketishi mumkinligi xavotir uyg‘otayotgani aytib o‘tilgan.
O‘zbekiston mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash, mamlakatlarimizning jadal rivojlanishi yo‘lida xalqaro kun tartibidagi muammoli masalalarni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish tarafdori ekanligiga alohida e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, Hamdo‘stlik davlatlari suvereniteti, hududiy yaxlitligi va konstitutsiyaviy asoslariga tahdidlarga qarshi kurashishda MDH xavfsizlik va razvedka organlari sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish ustuvor vazifa bo‘lishi kerakligini ta’kidlangan.
Va majlis ishtirokchilari xalqaro xavfsizlik sohasida amaliy muloqotni yangi bosqichga olib chiqish imkonini beradigan yangi tashabbus va takliflar ishlab chiqishga qodir ekanligiga ishonch bildirilgan.
V Samarkande provoditsya 57-oe zasedanie Soveta rukovoditeley organov bezopasnosti i spetsialnix slujb gosudarstv – uchastnikov SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2025
Terrorizm va tahdidlarga qarshi kurash: Mirziyoyev MDH hamkorligini kuchaytirishga chaqirdi
Yangiliklar lentasi
0