https://oz.sputniknews.uz/20251016/terrorizm-kurash-mirziyoev-mdh-52738670.html
Terrorizm va tahdidlarga qarshi kurash: Mirziyoyev MDH hamkorligini kuchaytirishga chaqirdi
Terrorizm va tahdidlarga qarshi kurash: Mirziyoyev MDH hamkorligini kuchaytirishga chaqirdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev terrorizm va tahdidlarga qarshi kurashishda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo (MDH) davlatlar maxsus xizmatlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish muhimligini ta’kidladi. Samarqand shahrida MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari Kengashining 57-majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Bu yilgi tadbir O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) tomonidan tashkil etildi.
2025-10-16T12:10+0500
2025-10-16T12:10+0500
2025-10-16T12:10+0500
siyosat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
mdh
terrorchilar
ekstremizm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/10/52739488_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_796bb77baa4d2b281fcf3384c2a9ddfe.jpg
TOShKENT, 16 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev terrorizm va tahdidlarga qarshi kurashishda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo (MDH) davlatlar maxsus xizmatlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish muhimligini ta’kidladi.Samarqand shahrida MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari Kengashining 57-majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Bu yilgi tadbir O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) tomonidan tashkil etildi.Anjuman avvalida prezident Shavkat Mirziyoyevning majlis ishtirokchilariga tabrik so‘zi o‘qib eshittirildi.Davlat rahbari Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikka tahdid solayotgan bir qator omillarga alohida e’tibor qaratdi. Afg‘onistondagi beqaror vaziyat, xalqaro terrorchi guruhlar faoliyati, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi va transchegaraviy uyushgan jinoyatchilik shular jumlasidan ekanligi ko‘rsatib o‘tildi.Shu bilan birga, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va sun’iy intellektdan g‘arazli maqsadlarda foydalanishning oldini olish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash muhimligi qayd etildi.Prezident global xavfsizlik masalasiga alohida to‘xtalar ekan, mintaqa atrofi va Yaqin Sharqda yuz berayotgan nizolar barchani chuqur tashvishga solayotgani, ular iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi.Ushbu omillar jahon bozorida nosog‘lom raqobatning kuchayishi, energiya manbalari narxining oshishiga olib kelmoqda. Shuningdek, energetika va transport sohalarida milliy va xalqaro loyihalarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda.O‘zbekiston prezidenti shunday murakkab sharoitda MDHga a’zo davlatlar maxsus xizmatlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiy, energetika va kommunikatsiya tizimlarini barqaror rivojlantirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda ularning sa’y-harakatlarini birlashtirish muhimligini alohida ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251007/markaziy-osiyo-rossiya-xavfsizlik-hamkorlik-52519629.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/10/52739488_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_454f5acfcff05178a62dc876e0489990.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
terrorizm tahdidlarga qarshi kurash mirziyoyev mdh chaqiriq
terrorizm tahdidlarga qarshi kurash mirziyoyev mdh chaqiriq
Terrorizm va tahdidlarga qarshi kurash: Mirziyoyev MDH hamkorligini kuchaytirishga chaqirdi
Davlat rahbari Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikka tahdid solayotgan bir qator omillarga alohida e’tibor qaratdi.
TOShKENT, 16 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev terrorizm va tahdidlarga qarshi kurashishda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo (MDH) davlatlar maxsus xizmatlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish muhimligini ta’kidladi.
Samarqand shahrida MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari Kengashining 57-majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Bu yilgi tadbir O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) tomonidan tashkil etildi.
Anjuman avvalida prezident Shavkat Mirziyoyevning majlis ishtirokchilariga tabrik so‘zi
o‘qib eshittirildi.Unda ta’kidlanganidek, mazkur Kengashning har yilgi majlislari terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, uyushgan jinoyatchilik va boshqa zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashishda hamkorlik qilish va tajriba almashish uchun mustahkam asos yaratdi.
Davlat rahbari Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikka tahdid solayotgan bir qator omillarga alohida e’tibor qaratdi. Afg‘onistondagi beqaror vaziyat, xalqaro terrorchi guruhlar faoliyati, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi va transchegaraviy uyushgan jinoyatchilik shular jumlasidan ekanligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu bilan birga, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va sun’iy intellektdan g‘arazli maqsadlarda foydalanishning oldini olish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash muhimligi qayd etildi.
Prezident global xavfsizlik masalasiga alohida to‘xtalar ekan, mintaqa atrofi va Yaqin Sharqda yuz berayotgan nizolar barchani chuqur tashvishga solayotgani, ular iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi.
Ushbu omillar jahon bozorida nosog‘lom raqobatning kuchayishi, energiya manbalari narxining oshishiga olib kelmoqda. Shuningdek, energetika va transport sohalarida milliy va xalqaro loyihalarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti shunday murakkab sharoitda MDHga a’zo davlatlar maxsus xizmatlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiy, energetika va kommunikatsiya tizimlarini barqaror rivojlantirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda ularning sa’y-harakatlarini birlashtirish muhimligini alohida ta’kidladi.