Fransiya kompaniyasi Toshkent tumani uchun master reja ishlab chiqadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Tashkente otkrilis novaya doroga i razvazka
V Tashkente otkrilis novaya doroga i razvazka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2025
Obuna bo‘lish
OTB va “Groupe Huit” vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbatda hududlar uchun master rejalarni ishlab chiqish va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish masalalari ko‘rib chiqildi
TOShKENT, 15 okt – Sputnik. Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakillari, Osiyo taraqqiyot banki (OTB) hamda Fransiyaning “Groupe Huit” kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida Toshkent tumani uchun yangi master reja tayyorlash masalasini muhokama qilishdi.
Tadbirda OTBning shaharsozlik bo‘yicha bosh mutaxassisi Massimo Petrone va “Groupe Huit” kompaniyasining bosh shaharsoz mutaxassisi Joss Giyom ishtirok etdi.
Suhbatda hududlar uchun master rejalar ishlab chiqish va amalga oshirish, jumladan, Toshkent tumani bo‘yicha yangi master reja tayyorlash, uni poytaxt bilan tezkor transport orqali bog‘lash, shuningdek, Jizzax yaqinida “Water Park” qurish loyihasi borasida fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar pilot hudud sifatida Toshkent tumanida master reja ishlab chiqishni boshlash hamda OTB mablag‘lari hisobidan infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlashga kelishib oldilar.
Ma’lumot uchun: OTBning texnik ko‘magi doirasida “Groupe Huit” kompaniyasi vazirlikka hududlar bo‘yicha master rejalarni ishlab chiqishda amaliy yordam ko‘rsatmoqda. Kompaniya xalqaro tajribadan kelib chiqib, qonunchilikni takomillashtirish va mahalliy mutaxassislar salohiyatini oshirish bo‘yicha ham ishlar olib boradi.
Ministr stroitelstva i jilishno-kommunalnogo xozaystva vstretilsya s ministrom jilishnogo, selskogo i gorodskogo stroitelstva Kitaya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2025
Xitoy bilan shaharsozlik sohasida hamkorlik kengaytiriladi
Yangiliklar lentasi
0