https://oz.sputniknews.uz/20250828/uzbekistan-china-qurilish-hamkorlik-kengaytirilish-51573560.html
Xitoy bilan shaharsozlik sohasida hamkorlik kengaytiriladi
Xitoy bilan shaharsozlik sohasida hamkorlik kengaytiriladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Xitoy qurilish sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etish va kadrlar tayyorlashda hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi 28.08.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-08-28T13:47+0500
2025-08-28T13:47+0500
2025-08-29T12:54+0500
jamiyat
shahar
qurilish vazirligi
markaziy osiyo
forum
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/1c/51572878_0:95:1280:815_1920x0_80_0_0_7a91dc481239761135c965166dd7e225.jpg
TOShKENT, 28 avg – Sputnik. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov Xitoy Xalq Respublikasi Uy-joy, qishloq va shahar qurilish vaziri Ni Hong boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.Uchrashuvda tomonlar qurilish, shaharsozlik sohasidagi mavjud hamkorlik holatini tahlil qildilar. Mazkur yo‘nalishda tajriba almashinuvi, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va kadrlar tayyorlash masalalari ham muhokama etildi.Ni Hong O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yirik islohot va bunyodkorlik ishlariga yuqori baho berdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250826/suv-vazirlik-davlat-dastur-xitoy-kompaniya-51522836.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/1c/51572878_105:0:1242:853_1920x0_80_0_0_4d3c0dfedfbc86a0f3aeb22f559646e8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston xitoy hamkorlik qurilish sohasi shaharsozlik va innovatsion texnologiyalar qo‘shma loyihalar uy-joy va shaharsozlik forumi markaziy osiyo
o‘zbekiston xitoy hamkorlik qurilish sohasi shaharsozlik va innovatsion texnologiyalar qo‘shma loyihalar uy-joy va shaharsozlik forumi markaziy osiyo
Xitoy bilan shaharsozlik sohasida hamkorlik kengaytiriladi
13:47 28.08.2025 (yangilandi: 12:54 29.08.2025) O‘zbekiston va Xitoy qurilish sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etish va kadrlar tayyorlashda hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi
TOShKENT, 28 avg – Sputnik. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov Xitoy Xalq Respublikasi Uy-joy, qishloq va shahar qurilish vaziri Ni Hong boshchiligidagi delegatsiya bilan
uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda tomonlar qurilish, shaharsozlik sohasidagi mavjud hamkorlik holatini tahlil qildilar. Mazkur yo‘nalishda tajriba almashinuvi, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va kadrlar tayyorlash masalalari ham muhokama etildi.
Shu bilan birga Markaziy Osiyo mamlakatlari ishtirokida xalqaro qurilish va shaharsozlik forumlarini tashkil etish hamda mintaqaviy miqyosdagi tajriba almashinuvi maydonlarini yaratish kabi yirik tashabbuslar ilgari surildi.
Ni Hong O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yirik islohot va bunyodkorlik ishlariga yuqori baho berdi.
"O‘zbekiston bilan shaharsozlik, kommunal xizmatlar va innovatsion qurilish texnologiyalari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishda ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlashga tayyormiz", – deya ta’kidladi Ni Hong.