https://oz.sputniknews.uz/20251010/jizzax-bogcha-bolalar-ovqat-zaharlanish-52595770.html
Jizzax viloyatidagi bog‘chalarda bolalar ovqatdan ommaviy zaharlandi
Jizzax viloyatidagi bog‘chalarda bolalar ovqatdan ommaviy zaharlandi
Sputnik O‘zbekiston
Jizzax viloyati Forish tumanida to‘rtta bog‘chadagi 37 nafar bola oziq-ovqatdan zaharlanib, shifokorlarga murojaat qildi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
2025-10-10T11:38+0500
2025-10-10T11:38+0500
2025-10-10T11:38+0500
jamiyat
o‘zbekiston
jizzax
bog‘chalar
bolalar
zaharlanish
maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0a/45565265_0:568:1211:1249_1920x0_80_0_0_3fb92bfbbc309cf48c1ce08f5070cbe6.jpg
TOShKENT, 10 okt – Sputnik. Jizzax viloyati Forish tumanidagi to‘rtta davlat bog‘chasida 40 nafarga yaqin bola ovqatdan zaharlangani aniqlandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, 9-oktabr kuni soat 9:00 dan 16:00 gacha bo‘lgan vaqtda Forish tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli to‘rtta muassasaning 37 nafar tarbiyalanuvchisi isitma, ko‘ngil aynishi, qorin og‘rig‘i, ich ketishi va holsizlik kabi shikoyatlar bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Ma’lumotga ko‘ra, epidemiologik surishtiruv davomida bolalar 8-oktabr kuni biokefir, sir va sariyog‘ mahsulotlarini iste’mol qilgani aniqlangan.Jizzax viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlarini tashish, saqlash va ishlov berishda sanitariya qoidalari buzilgani sababli, oshqozon-ichak tizimida buzilish holatlari kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.Holat yuzasidan tuman prokuraturasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atgan.Eslatib o‘tamiz, 24-sentabr kuni Toshkent viloyatining qator tumanlaridagi bog‘chalarda ham jami 1922 nafar bola ovqatdan zaharlangandi.
https://oz.sputniknews.uz/20250930/ommaviy-zaharlangan-bolalar-52375175.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0a/45565265_0:454:1211:1362_1920x0_80_0_0_28ef2ace74907c95add147395c04688d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jizzax, forish tumani, bog‘cha, bolalar zaharlanishi, oziq-ovqat, sanitariya qoidalari, tuman prokuraturasi, jinoyat ishi, diareya, shifokorlar, tibbiy yordam, jizax, bolalar zaxarlanishi, ozik ovkat
jizzax, forish tumani, bog‘cha, bolalar zaharlanishi, oziq-ovqat, sanitariya qoidalari, tuman prokuraturasi, jinoyat ishi, diareya, shifokorlar, tibbiy yordam, jizax, bolalar zaxarlanishi, ozik ovkat
Jizzax viloyatidagi bog‘chalarda bolalar ovqatdan ommaviy zaharlandi
Forish tumanidagi to‘rtta maktabgacha ta’lim muassasasining 37 nafar tarbiyalanuvchisi oziq-ovqatdan zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga murojaat qildi.
TOShKENT, 10 okt – Sputnik. Jizzax viloyati Forish tumanidagi to‘rtta davlat bog‘chasida 40 nafarga yaqin bola ovqatdan zaharlangani aniqlandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 9-oktabr kuni soat 9:00 dan 16:00 gacha bo‘lgan vaqtda Forish tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli to‘rtta muassasaning 37 nafar tarbiyalanuvchisi isitma, ko‘ngil aynishi, qorin og‘rig‘i, ich ketishi va holsizlik kabi shikoyatlar bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Ma’lumotga ko‘ra, epidemiologik surishtiruv davomida bolalar 8-oktabr kuni biokefir, sir va sariyog‘ mahsulotlarini iste’mol qilgani aniqlangan.
Ularga anamnez va dastlabki tekshiruvlar asosida “o‘tkir diareya” tashxisi qo‘yilib, statsionar sharoitida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Jizzax viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlarini tashish, saqlash va ishlov berishda sanitariya qoidalari buzilgani sababli, oshqozon-ichak tizimida buzilish holatlari kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.
Holat yuzasidan tuman prokuraturasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atgan.
Eslatib o‘tamiz, 24-sentabr kuni Toshkent viloyatining qator tumanlaridagi bog‘chalarda ham jami 1922 nafar bola ovqatdan
zaharlangandi.