https://oz.sputniknews.uz/20250930/ommaviy-zaharlangan-bolalar-52375175.html
Ommaviy zaharlangan bolalarning deyarli hammasi sog‘aydi — Sanepidqo‘m
Ommaviy zaharlangan bolalarning deyarli hammasi sog‘aydi — Sanepidqo‘m
Sputnik O‘zbekiston
30 sentabr soat 14:00 holatiga ko‘ra Toshkent viloyatidagi shifoxonalarda bog‘chalarda ovqatdan zaharlanib davolanayotgan 3 nafar bola qoldi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov ma’lum qildi.
2025-09-30T19:14+0500
2025-09-30T19:14+0500
2025-10-01T12:50+0500
jamiyat
sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi (sanepidqo‘mita)
toshkent viloyati
zaharlanish
bolalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/782/55/7825563_0:1:1501:845_1920x0_80_0_0_c0f387cee8be6855799aaa9b8fee40c1.jpg
TOShKENT, 30 sen – Sputnik. 30-sentabr soat 14:00 holatiga ko‘ra Toshkent viloyatidagi shifoxonalarda bog‘chalarda ovqatdan zaharlanib, davolanayotgan 3 nafar bola qoldi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, ular asosiy holatdan to‘liq sog‘aygan bo‘lib, davolash jarayonida ularda oldindan mavjud kasalliklar aniqlangani sababli qo‘shimcha tibbiy kuzatuv ostida qoldirilgan. Bolalarning ahvoli barqaror va yaqin kunlarda uylariga javob beriladi.Sanepidqo‘m raisi o‘rinbosari ta’kidlashicha, Qo‘mita mamlakat bo‘ylab barcha ta’lim muassasalarida ovqatlanish xizmatlari ustidan nazorat va profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytiradi.Avvalroq Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda bolalar ommaviy zaharlanishi holati yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan maxsus ishchi guruh tuzilgani xabar qilingan edi. Ushbu holat yuzasidan bir nechta autsorsing xizmatini ko‘rsatuvchi xususiy korxonalar mas’ul shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozir dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20250928/toshkent-viloyati-ovqatdan-zaharlangan-bolalar-52312523.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/782/55/7825563_186:0:1313:845_1920x0_80_0_0_b38209b3c6df6801a6fef031a6178827.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent viloyati bolalar ommaviy zaharlanish sabab ma’lumot
toshkent viloyati bolalar ommaviy zaharlanish sabab ma’lumot
Ommaviy zaharlangan bolalarning deyarli hammasi sog‘aydi — Sanepidqo‘m
19:14 30.09.2025 (yangilandi: 12:50 01.10.2025) Santariya-epidemiologik qo‘mita mamlakat bo‘ylab barcha ta’lim muassasalarida ovqatlanish xizmatlari ustidan nazorat va profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytiradi.
TOShKENT, 30 sen – Sputnik. 30-sentabr soat 14:00 holatiga ko‘ra Toshkent viloyatidagi shifoxonalarda bog‘chalarda ovqatdan zaharlanib, davolanayotgan 3 nafar bola qoldi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov
ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ular asosiy holatdan to‘liq sog‘aygan bo‘lib, davolash jarayonida ularda oldindan mavjud kasalliklar aniqlangani sababli qo‘shimcha tibbiy kuzatuv ostida qoldirilgan. Bolalarning ahvoli barqaror va yaqin kunlarda uylariga javob beriladi.
“Shunday qilib, tibbiy tadbirlar to‘liq yakunlandi. Shifoxonalar esa o‘zining odatiy ish faoliyatiga qaytdi. Eng muhimi, davlatimiz tomonidan o‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli vaziyat barqaror ushlab turildi", — deydi Atabekov.
Sanepidqo‘m raisi o‘rinbosari ta’kidlashicha, Qo‘mita mamlakat bo‘ylab barcha ta’lim muassasalarida ovqatlanish xizmatlari ustidan nazorat va profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytiradi.
Avvalroq Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda bolalar ommaviy zaharlanishi holati yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan maxsus ishchi guruh tuzilgani
xabar qilingan edi. Ushbu holat yuzasidan bir nechta autsorsing xizmatini ko‘rsatuvchi xususiy korxonalar mas’ul shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozir dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.