https://oz.sputniknews.uz/20250929/uzbekistan-icba-shor-er-ozlashtirish-52343125.html
O‘zbekiston va ICBA sho‘rlangan yerlarni o‘zlashtirishda hamkorlik qiladi
O‘zbekiston va ICBA sho‘rlangan yerlarni o‘zlashtirishda hamkorlik qiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va ICBA sho‘rlangan yerlarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, dehqon va fermerlar uchun yangi daromad manbalari yaratishga qaratilgan loyihalarni amalga oshiradi.
2025-09-29T18:31+0500
2025-09-29T18:31+0500
2025-09-29T18:31+0500
qishloq xo‘jaligi
qishloq xo‘jaligi vazirligi
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/1d/52342587_0:112:1280:832_1920x0_80_0_0_b28a721b41962efba849ff7edc074a03.jpg
TOShKENT, 29 sen – Sputnik. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Sho‘rlangan yerlarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (ICBA) bosh direktori Dr. Tarifa Alzaabi bilan uchrashdi.Muloqotda O‘zbekiston va ICBA hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi. Uchrashuv avvalida ICBA bilan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasida ilmiy hamkorlikni kengaytirish masalasi ko‘tarildi.Shuningdek, “Toshkent va Farg‘ona vodiysida mahalliy jamoalarni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi muhokama qilindi. U kam ta’minlangan aholi uchun barqaror daromad manbalarini yaratishga qaratilgan bo‘lib, dehqon va kichik fermer xo‘jaliklarida daromadli ekin turlarini joriy etishni nazarda tutadi.Bundan tashqari, “Xorazm viloyatida sho‘rlangan tuproqda innovatsion texnologiyalarni joriy etish” loyihasi haqida ham so‘z bordi. Uning maqsadi — murakkab agroiqlim sharoitida samaradorlikni oshirish, tuproq unumdorligini yaxshilash va yuqori qiymatli mahsulot yetishtirish.Vazir loyihalarning ikki tomonlama manfaatlarini qayd etib, ularni tezkor amalga oshirish zarurligini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250920/uzbekistan--jordan-agro-soha-hamkorlik-52104006.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/1d/52342587_10:0:1147:853_1920x0_80_0_0_289d3e9e944183599a97d071d44c95fb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston qishloq xo‘jaligi, ibrohim abdurahmonov, icba, sho‘rlangan yerlar, xorazm loyihasi, farg‘ona vodiysi, toshkent qishloq xo‘jaligi, innovatsion agrotexnologiyalar, fermerlar daromadi, oziq-ovqat xavfsizligi
o‘zbekiston qishloq xo‘jaligi, ibrohim abdurahmonov, icba, sho‘rlangan yerlar, xorazm loyihasi, farg‘ona vodiysi, toshkent qishloq xo‘jaligi, innovatsion agrotexnologiyalar, fermerlar daromadi, oziq-ovqat xavfsizligi
O‘zbekiston va ICBA sho‘rlangan yerlarni o‘zlashtirishda hamkorlik qiladi
Qishloq xo‘jaligi vaziri va ICBA rahbariyati sho‘rlangan yerlardan samarali foydalanish hamda qishloq hududlarida barqaror daromad yaratishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni muhokama qildi
TOShKENT, 29 sen – Sputnik. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Sho‘rlangan yerlarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (ICBA) bosh direktori Dr. Tarifa Alzaabi
bilan uchrashdi.
Muloqotda O‘zbekiston va ICBA hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi. Uchrashuv avvalida ICBA bilan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasida ilmiy hamkorlikni kengaytirish masalasi ko‘tarildi.
Shuningdek, “Toshkent va Farg‘ona vodiysida mahalliy jamoalarni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi muhokama qilindi. U kam ta’minlangan aholi uchun barqaror daromad manbalarini yaratishga qaratilgan bo‘lib, dehqon va kichik fermer xo‘jaliklarida daromadli ekin turlarini joriy etishni nazarda tutadi.
Bundan tashqari, “Xorazm viloyatida sho‘rlangan tuproqda innovatsion texnologiyalarni joriy etish” loyihasi haqida ham so‘z bordi. Uning maqsadi — murakkab agroiqlim sharoitida samaradorlikni oshirish, tuproq unumdorligini yaxshilash va yuqori qiymatli mahsulot yetishtirish.
Ta’kidlanishicha, sho‘rlangan yerlardan samarali foydalanish, xalqaro tajriba va ilg‘or ilmiy yondashuvlarni joriy etish oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlaydi, qishloq hududlarida barqaror daromad manbalarini kengaytiradi.
Vazir loyihalarning ikki tomonlama manfaatlarini qayd etib, ularni tezkor amalga oshirish zarurligini ta’kidladi.