O‘zbekiston va Iordaniya agrar sohada hamkorlikni kengaytiradi

© Foto : QXV matbuot xizmati O‘zbekiston va Iordaniya agrar sohada hamkorlikni kengaytiradi
O‘zbekiston va Iordaniya agrar sohada hamkorlikni kengaytiradi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2025
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat sho‘r va suv tanqisligiga chidamli ekin navlarini mahalliylashtirish, shuningdek, chorvachilik yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
TOShKENT, 20 sen – Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Iordaniya qishloq xo‘jaligi vaziri bilan uchrashuv o‘tkazib, ko‘p tarmoqli hamkorlik qilishga kelishib oldi. Bu haqda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo’lishicha, o‘zbek delegatsiyasiga qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Jamshid Abduzuxurov boshchilik qilgan. Safar doirasida Iordaniya qishloq xo‘jaligi vaziri Abdulhalim Sayeb bilan uchrashuv o‘tkazilib, ikki mamlakat o‘rtasidagi agrar hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilingan.
“Muzokaralar davomida sho‘rga va suv tanqisligiga chidamli pomidor, bug‘doy va arpa navlarini O‘zbekistonda mahalliylashtirish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi. Bunda O‘zbekistondagi sinov dalalarida tajribalar o‘tkazilib, natijalar asosida yangi agrotexnologiyalar joriy etilishi ko‘zda tutilgan”, – deyiladi xabarda.
Shuningdek, chorvachilik yo‘nalishida “Avassi” zotli qo‘ylarni O‘zbekistonda mahalliylashtirish masalasi muhokama qilini ham aytilmoqda. Iordaniya dastlabki bosqichda to‘rt bosh qo‘y hadya qilishi va muzlatilgan urug‘ materiallarini yuborishini bildirgan.
Tomonlar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlarining genetik resurslarini almashish va genetik banklar hamkorligini yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishgani alohida qayd etilgan. O‘zbekistonning o‘simliklar genetik resurslari bo‘yicha xalqaro shartnomaga qo‘shilish masalasi ham ko‘tarilgan.

Uchrashuv yakunida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va “Made in Uzbekistan” brendi ostida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasini Iordaniyada tashkil etish rejalashtirildi.

Ushbu tadbir orqali ikki tomonlama savdo hajmini oshirish va yirik importor kompaniyalar, investorlar bilan hamkorlikni kuchaytirish maqsad qilingani aytilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida shu aytish mumkinki, Iordaniya – qurg‘oqchil iqlim sharoitida ham samarali dehqonchilik olib borayotgan davlatlardan biri. Mamlakat sho‘r va suv tanqis hududlarda ekin yetishtirish, tomchilatib sug‘orish va resurslarni tejamkor boshqarish bo‘yicha katta tajribaga ega.
Rezultati peregovorov zakrepleni soglasheniyami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi - ro‘yxat
Yangiliklar lentasi
0