O‘zbekistonlik Ikkinchi jahon urushi qatnashchisining xoki vatan tuprog‘iga dafn etildi

© Press-slujba Ministerstva oboroniUchastnika Vtoroy mirovoy voyni poxoronili na rodnoy zemle
Uchastnika Vtoroy mirovoy voyni poxoronili na rodnoy zemle - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2025
Obuna bo‘lish
Ikkinchi jahon urushida Belorussiyada halok bo‘lgan Abdullajon Dadaboyevning hoki Farg‘onaga qaytarilib, yuksak ehtirom bilan dafn etildi.
TOShKENT, 29 sen – Sputnik. Ikkinchi jahon urushida Belarusda halok bo‘lgan Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida tug‘ilib o‘sgan Abdullajon Dadaboyevning hoki Davlatbotir qishlog‘iga olib kelinib, yuksak ehtirom bilan dafn etildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Marosimda Mudofaa vazirligi, tuman hokimligi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Abdullajon Dadaboyev 1918-yilda Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanining Davlatbotir qishlog‘ida tug‘ilgan. 1941-yilda u ham minglab o‘zbek o‘g‘lonlari qatori Ikkinchi jahon urushiga safarbar etilgan.
Frontda o‘qchi diviziyasi tarkibida mardona jang qilgan va uzoq yillar davomida bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida bo‘lib kelgan. Joriy yilning iyun oyida Belarus Respublikasida faoliyat yuritayotgan qidiruv otradlari tomonidan olib borilgan maxsus izlanishlar chog‘ida Abdullajon Dadaboyevning hoki va shaxsiy buyumlari topildi.
Aniqlanishicha, u 1941-yilda Belarus Respublikasi Gomel viloyatidagi Negovka qishlog‘i uchun kechgan janglarda halok bo‘lgan. Ikki mamlakat vakillari hamkorligida marhumning yaqin qarindoshlari topildi va askarning hoki vataniga qaytarildi.
© Press-slujba Ministerstva oboroniUchastnika Vtoroy mirovoy voyni poxoronili na rodnoy zemle
Uchastnika Vtoroy mirovoy voyni poxoronili na rodnoy zemle - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2025
Uchastnika Vtoroy mirovoy voyni poxoronili na rodnoy zemle
Dafn marosimida so‘zga chiqqanlar Ikkinchi jahon urushi frontlarida mardlik va jasorat ko‘rsatgan vatandoshlar xotirasini yod etish, ularning nomini abadiylashtirish o‘zbek xalqiga xos ezgu qadriyat ekanini alohida ta’kidladilar.
O‘zbekistonga qaytarilgan jasur askar Davlatbotir qishlog‘idagi xalq qabristoniga musulmonlar udumiga muvofiq dafn etildi. Marosim davomida tilovat qilinib, marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirildi.
Budet sozdana spetsialnaya gologramma ob uzbekskix geroyax Vtoroy mirovoy voyni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2025
Ikkinchi jahon urushining o‘zbekistonlik qahramonlari haqida maxsus gologramma yaratiladi
Yangiliklar lentasi
0