https://oz.sputniknews.uz/20250327/ikkinchi-jahon-urush-ozbekiston-qahramonlar-gologramma-48596334.html
Ikkinchi jahon urushining o‘zbekistonlik qahramonlari haqida maxsus gologramma yaratiladi
Ikkinchi jahon urushining o‘zbekistonlik qahramonlari haqida maxsus gologramma yaratiladi
Sputnik O‘zbekiston
Gologramma ekspozitsiyasi Islom sivilizatsiyasi markazida joy oladi. 27.03.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-03-27T17:05+0500
2025-03-27T17:05+0500
2025-03-27T17:05+0500
jamiyat
o‘zbekiston
islom sivilizatsiyasi markazi
ikkinchi jahon urushi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/1b/48596612_0:38:1280:758_1920x0_80_0_0_ec1e31cf1242b48cf6ae55af05856ae3.jpg.webp
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Ikkinchi jahon urushining o‘zbekistonlik qahramonlari” nomli maxsus gologramma ekspozitsiyasi tashkil etiladi, deya xabar berdi markaz axborot xizmati. O‘zbekiston askarlarining G‘alabaga qo‘shgan hissasi haqida arxiv ma’lumotlari e’lon qilindiUshbu loyiha doirasida urush yillarida Vatan himoyasi va insoniyat tinchligi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan o‘zbekistonlik qahramonlarning hayoti va jasorati interaktiv texnologiyalar yordamida namoyish etiladi. Qayd etilishicha, loyihani amalga oshirish uchun ilmiy-ijodiy guruh shakllantiriladi. Mazkur guruh Ikkinchi jahon urushida qatnashgan o‘zbekistonlik jangchilar, mehnat fronti fidoyilari va ularga doir tarixiy materiallarni chuqur o‘rganib, hujjatlarga asoslangan holda ma’lumotlar tayyorlaydi. Ekspozitsiyada gologrammalar bilan bir qatorda, qahramonlarning fotosuratlari, arxiv hujjatlari va turli eksponatlar ham o‘rin oladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250306/ozbekiston-rossiya-urush-faxriy-tibbiy-korik-48273296.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/1b/48596612_110:0:1171:796_1920x0_80_0_0_37d2c9d38ee0149fb429d5d3bb98252b.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, islom sivilizatsiyasi markazi, ikkinchi jahon urushi
jamiyat, o‘zbekiston, islom sivilizatsiyasi markazi, ikkinchi jahon urushi
Ikkinchi jahon urushining o‘zbekistonlik qahramonlari haqida maxsus gologramma yaratiladi
Gologramma ekspozitsiyasi Islom sivilizatsiyasi markazida joy oladi.
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Ikkinchi jahon urushining o‘zbekistonlik qahramonlari” nomli maxsus gologramma ekspozitsiyasi tashkil etiladi, deya xabar berdi markaz
axborot xizmati. Ushbu loyiha doirasida urush yillarida Vatan himoyasi va insoniyat tinchligi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan o‘zbekistonlik qahramonlarning hayoti va jasorati interaktiv texnologiyalar yordamida namoyish etiladi.
Qayd etilishicha, loyihani amalga oshirish uchun ilmiy-ijodiy guruh shakllantiriladi.
Mazkur guruh Ikkinchi jahon urushida qatnashgan o‘zbekistonlik jangchilar, mehnat fronti fidoyilari va ularga doir tarixiy materiallarni chuqur o‘rganib, hujjatlarga asoslangan holda ma’lumotlar tayyorlaydi.
Ekspozitsiyada gologrammalar bilan bir qatorda, qahramonlarning fotosuratlari, arxiv hujjatlari va turli eksponatlar ham o‘rin oladi.
“Ushbu loyiha nafaqat urush qahramonlari xotirasini abadiylashtirishga xizmat qiladi, balki yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, tarixiy xotirani mustahkamlash va texnologik innovatsiyalar yordamida tarixiy haqiqatlarni yetkazishning yangi uslubini yaratishga ham zamin hozirlaydi”, — deyilgan xabarda.