Ekologiyada muhim qadam: Toshkentda 400 mingta daraxt elektron bazaga kiritildi

© Sputnik / Aktan TemirkanovLetnyaya atmosfera v Tashkente
Letnyaya atmosfera v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2025
Obuna bo‘lish
Toshkentda 400 mingdan ziyod daraxt elektron bazaga kiritildi. "Daraxtlar reyestri" shahar aholisi turmush tarzini yaxshilash va ekologiyani muhofaza qilishga xizmat qiladi
TOShKENT, 29 sen – Sputnik. "Daraxtlar reyestri" loyihasi doirasida Toshkent shahridagi 400 mingdan ortiq daraxt green.tashkent.uz onlayn platformasi elektron ma’lumotlar bazasiga kiritildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Daraxtlar raqamlashtirilgandan so‘ng navi, holati, yoshi va boshqa xususiyatlari bo‘yicha dendrolog mutaxassislar tomonidan tekshiriladi.
Loyiha "Zamin" xalqaro jamoat fondi tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Loyiha maqsadi daraxtlarni xatlovdan o‘tkazib, elektron ma’lumotlar bazasini yaratishdan iborat.
Xabarda ta’kidlanishicha, yashil maydonlarning raqamli xaritasi shahar aholisi turmush tarzini yaxshilash va Toshkentning tabiiy muhitini saqlab qolishga xizmat qiladi.
Shuningdek, u shaharsozlik, ekishni rejalashtirish va ko‘chatlarni parvarishlash, yashil hududlarni muhofaza qilish hamda tiklash ustidan jamoatchilik nazorati uchun samarali vosita bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.
Derevya. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2023
Qayerga qanday daraxt ekishni respublika shtabi belgilab beradi
Yangiliklar lentasi
0