Qayerga qanday daraxt ekishni respublika shtabi belgilab beradi

© Unsplash / Arnaud MesureurDerevya. Illyustrativnoe foto
Derevya. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, har bir hududda qaysi daraxt yaxshi ko‘karishini odamlarning o‘zi yaxshi biladi. Shu bois ko‘chat turi aholi bilan bamaslahat tanlanadi.
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. O‘zbekistonda yangi respublika shtabi tashkil qilinadi. Shtab tuproq tahlili, iqlim sharoiti asosida qayerga, qachon, qaysi ko‘chat turini qancha ekishni belgilab beradi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda “Yashil makon” umummilliy loyihasining amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, bu loyiha boshlanganidan o‘tgan 2-yilda uy-joy massivlarida 1 ming 200 gektardan ortiq yashil bog‘ va jamoat parklari, 1 million gektardan ziyod yashil hudud va qoplamalar barpo etildi.
Joriy yilda 25-oktabrdan 1-dekabrgacha “kuzgi daraxt ekish mavsumi” e’lon qilinadi, uning doirasida 85 million tup ko‘chat ekish rejalashtirilgan.
Bunda barcha darajadagi rahbarlar, vazirlar, hokimlar, mahalla faollari, jamoat arboblari, nuroniylar, san’atkor va sportchilar, mashhur blogerlar o‘rnak ko‘rsatishlari muhimligi ta’kidlandi.
“Buning uchun Respublika shtabi tashkil qilinadi. Fanlar akademiyasi, Tuproqshunoslik, O‘rmonchilik institutlari, o‘rmon xo‘jaliklari rahbarlari ham shtabga a’zo bo‘ladi. Shtab tuproq tahlili, iqlim sharoiti asosida qayerga, qachon, qaysi ko‘chat turini qancha ekishni belgilab beradi”, - deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.
Mutasaddilarga barcha tuman va mahallalarda bir oy davomida ko‘chat yarmarkalarini tashkil qilish va kuz mavsumida 30 million tup ko‘chat yetkazib berish topshirildi.
Tayyorgarlik ishlari, ko‘chat tarqatish, ekish jarayonlarini tumanma-tuman televidenie va radio orqali yoritib borish muhimligi qayd etildi.
Mirziyoyev kuzgi mavsumida o‘tgan yillardagi xatolarni takrorlamaslik shart ekaniga e’tibor qaratdi.
Jumladan, ko‘chat ekishda manfaatdorlikni oshirish lozim. Bu boradagi vaziyatni o‘zgartirish uchun endilikda avtomobil, temir yo‘l, daryo, kanallar yoqalari aholi va tadbirkorlarga shartnoma bilan yer toifasi o‘zgartirmasdan bo‘lib berilishi belgilandi.
Yig‘ilishda aholining daraxt ekishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va rag‘batlantirish ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi
Bandlik vazirligining Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari bundan buyon mahallalarni o‘ziga yo‘naltirilishi, ular esa bu mablag‘larni daraxt ekish, parvarishlash va tozalik tadbirlariga yo‘naltirishi ta’kidlandi.
O‘rmon xo‘jaligi agentligiga joriy mavsumda har bir mahallaga 200 tadan ko‘chatni bepul yetkazib berish topshirildi. Bundan tashqari har bir viloyat hokimi ham 300 ming dona ko‘chatni mahallalarga tekinga tarqatadi.
Har bir mahalla va tumanda qaysi daraxt yaxshi ko‘karishini odamlarning o‘zi yaxshi bilishi, shu bois ko‘chat turini aholi bilan bamaslahat tanlash kerakligi aytildi.
Yangiliklar lentasi
0