https://oz.sputniknews.uz/20250929/eec-integratsiya-tarif-muhokama-52342084.html
YeIK Kengashi majlisi: integratsiya strategiyasi va tarif masalalari muhokama etildi
YeIK Kengashi majlisi: integratsiya strategiyasi va tarif masalalari muhokama etildi
Sputnik O‘zbekiston
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi kengashi majlisida integratsiya strategiyasi, bojxona va tarif masalalari hamda ichki bozorni himoya qilish choralari ko‘rib chiqildi.
2025-09-29T17:44+0500
2025-09-29T17:44+0500
2025-09-29T17:44+0500
o‘zbekiston va yeoii
iqtisod
hamkorlik
yeoii
yeik
bojxona
bojxona boji
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/1d/52341077_0:236:1149:882_1920x0_80_0_0_db37f5bd78944a43cd43b19b86b2e53d.jpg
TOShKENT, 29 sen – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi hukumati matbuot xizmati xabar berdi.Yig‘ilish ishtirokchilari Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasini 2025-yilgacha rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratgan holda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOOI) joriy kun tartibidagi asosiy masalalarni ko‘rib chiqdi. Shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi javobgarlik va sanitariya-fitosanitariya choralarini uyg‘unlashtirish mavzusi atroflicha ko‘rib chiqildi. Norma va tartib-taomillarni qo‘llashda yagona yondashuv muhimligi qayd etildi, bu integratsiya ishtirokchilari o‘rtasida ishonchni mustahkamlash va biznes yuritish uchun qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi. Uchrashuvda YeOII ga a’zo davlatlarning integratsiyani chuqurlashtirish va iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha kelishilgan qarorlarni ishlab chiqishga sodiqligi tasdiqlandi.Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.
https://oz.sputniknews.uz/20250927/eik-asean-yil-hamkorlik-reja-52297524.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/1d/52341077_0:171:985:910_1920x0_80_0_0_871c578268dfca4d41b1135a48e56525.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi, yeoii kengashi majlisi, iqtisodiy integratsiya strategiyasi 2025, bojxona va tarif masalalari, texnik tartibga solish, sanitariya standartlari, sanoatni qo‘llab-quvvatlash, ichki bozorni himoya qilish, yeoii a’zo davlatlari, qo‘shma loyihalar samaradorligi
yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi, yeoii kengashi majlisi, iqtisodiy integratsiya strategiyasi 2025, bojxona va tarif masalalari, texnik tartibga solish, sanitariya standartlari, sanoatni qo‘llab-quvvatlash, ichki bozorni himoya qilish, yeoii a’zo davlatlari, qo‘shma loyihalar samaradorligi
YeIK Kengashi majlisi: integratsiya strategiyasi va tarif masalalari muhokama etildi
Majlisda integratsiya strategiyasi, bojxona va tarif masalalari, shuningdek, ichki bozorni himoya qilish choralari muhokama etildi.
TOShKENT, 29 sen – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi hukumati matbuot xizmati
xabar berdi.
Yig‘ilish ishtirokchilari Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasini 2025-yilgacha rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratgan holda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOOI) joriy kun tartibidagi asosiy masalalarni ko‘rib chiqdi.
Ishtirokchilar qator yo‘nalishlarda erishilgan natijalarni qayd etib, qo‘shma loyihalar samaradorligini oshirish uchun a’zo davlatlar sa’y-harakatlarini yanada muvofiqlashtirish zarurligini ta’kidladilar.
Shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi javobgarlik va sanitariya-fitosanitariya choralarini uyg‘unlashtirish mavzusi atroflicha ko‘rib chiqildi.
Norma va tartib-taomillarni qo‘llashda yagona yondashuv muhimligi qayd etildi, bu integratsiya ishtirokchilari o‘rtasida ishonchni mustahkamlash va biznes yuritish uchun qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi.
Uchrashuvda bojxona va tariflarga oid masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi hamda sanoatni qo‘llab-quvvatlash va ichki bozorni himoya qilishga qaratilgan takliflar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda YeOII ga a’zo davlatlarning integratsiyani chuqurlashtirish va iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha kelishilgan qarorlarni ishlab chiqishga sodiqligi tasdiqlandi.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.