Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeIK va ASEAN 2030-yilgacha hamkorlik rejasini tasdiqladi

© Foto : Press-slujba YeEK YeEK i ASEAN opredelili plani sotrudnichestva do 2030 goda
YeEK i ASEAN opredelili plani sotrudnichestva do 2030 goda  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2025
Obuna bo‘lish
Hamkorlik yo‘nalishlari innovatsion taraqqiyot, raqamli iqtisodiyot, sanoat va agrosanoat komplekslari, moliya bozori, raqobat va ilmiy-tadqiqot faoliyati kabi sohalarni qamrab oladi.
TOShKENT, 27 sen – Sputnik. Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hamda Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan yangi Hamkorlik dasturini tasdiqladi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, mazkur kelishuv Kuala-Lumpurda o‘tkazilgan iqtisodiyot vazirlari maslahat uchrashuvida tomonlarning o‘zaro taklifi asosida imzolangan. Bu hujjat YeIK va ASEAN o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha mavjud memorandumining davomidir, deyiladi xabarda.
Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari quyidagi yangi dasturlarni nazarda tutadi:
Yevrosiyo iqtisodiy yo‘li – 2030/2045 deklaratsiyasi hamda ASEAN – 2045 konsepsiyasidagi ustuvor yo‘nalishlarga muvofiq tarzda ishlab chiqish;
Innovatsion taraqqiyot, raqamli iqtisodiyot, sanoat va agrosanoat komplekslari, moliya bozori, raqobat va ilmiy-tadqiqot faoliyati kabi yangi sohalarni qamrab olish;
Har ikkala mintaqaning ishbilarmon doiralari ishtirokidagi anjuman va ko‘rgazmalar, shuningdek, “YeOII–ASEAN kunlari” kabi pozitsion tadbirlarni o‘tkazish.
Shuningdek, muzokaralar chog‘ida oziq-ovqat xavfsizligi, barqaror energetika, infratuzilma, aylanma iqtisodiyot, intellektual mulk, iste’molchilar huquqlari kabi sohalarda ham hamkorlik qilish dinamikasi muhokama qilingan.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, “YeOII kunlari” ilk bor 2023-yilda ASEAN qarorgohida o‘tkazilgan va uni YeOII davlatlari rasman qo‘llab-quvvatlagan. Yangi dastur orqali esa ana shu muloqot an’analarini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
YeOII zaglushka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2025
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi – infografika
Yangiliklar lentasi
0