https://oz.sputniknews.uz/20250918/uzbekistan-global-innovatsiya-indeks-52053475.html
O‘zbekiston Global innovatsiyalar indeksida 79-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston Global innovatsiyalar indeksida 79-o‘rinni egalladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 2025-yilgi Global innovatsiyalar indeksining natijalariga ko‘ra 139 mamlakat orasida 79-o‘rinni egalladi
2025-09-18T16:15+0500
2025-09-18T16:15+0500
2025-09-18T16:19+0500
jamiyat
o‘zbekiston
reyting
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/05/27796179_0:77:3073:1805_1920x0_80_0_0_624faf65cdeb355246c4996e52c5d489.jpg
TOShKENT 18 sen – Sputnik. O‘zbekiston 2025-yilgi Global innovatsiyalar indeksining natijalariga ko‘ra 139 mamlakat orasida 79-o‘rinni egalladi. Bunga oid xalqaro tashkilot hisoboti e’lon qilindi.Ma’lum bo‘lishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan to‘rt pog‘ona yuqori bo‘lib, mamlakatning innovatsion rivojlanish sohasidagi barqaror o‘sishini namoyon etdi. O‘zbekiston shu tariqa Markaziy Osiyoda innovatsion taraqqiyot bo‘yicha yetakchi sifatida o‘z mavqeyini yanada mustahkamlagan.Hisobotda O‘zbekistonning ko‘rsatkichlari bir qator yo‘nalishlarda yaxshilandi va ularda ijobiy dinamika kuzatildi:Eksportbop yuqori texnologiyali mahsulotlar, startaplarni moliyalashtirish va oliy ta’lim muassasalariga qabul sonining o‘sishi eng muhim omillar sifatida qayd etiladi.Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash mumkinki, davlat strategiyasida belgilangan “O‘zbekiston – 2030” maqsadlariga ko‘ra, mamlakat kelgusida dunyodagi eng innovatsion 50 davlat qatoriga kirishni maqsad qilgan. Joriy yilda qayd etilgan natijalar esa ushbu yo‘nalishdagi harakatlarning izchilligi va samaradorligini ko‘rsatmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20250619/ozbekiston-hududlar-innovatsion-klinika-50027431.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/05/27796179_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_ff12810cdb65ba1c1e14d1e2e1f867e0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston 2025 global innovatsiya indeks natija mamlakat 79
o‘zbekiston 2025 global innovatsiya indeks natija mamlakat 79
O‘zbekiston Global innovatsiyalar indeksida 79-o‘rinni egalladi
16:15 18.09.2025 (yangilandi: 16:19 18.09.2025) Hisobotga ko‘ra, Respublika ko‘rsatgichlari inson kapitali, infratuzilma, bozor rivojlanishi, bilim va texnologiya mahsulotlari sohalarida yaxshilangan.
TOShKENT 18 sen – Sputnik. O‘zbekiston 2025-yilgi Global innovatsiyalar indeksining natijalariga ko‘ra 139 mamlakat orasida 79-o‘rinni egalladi. Bunga oid xalqaro tashkilot
hisoboti e’lon qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan to‘rt pog‘ona yuqori bo‘lib, mamlakatning innovatsion rivojlanish sohasidagi barqaror o‘sishini namoyon etdi. O‘zbekiston shu tariqa Markaziy Osiyoda innovatsion taraqqiyot bo‘yicha yetakchi sifatida o‘z mavqeyini yanada mustahkamlagan.
Reyting tahliliga ko‘ra, qo‘shni innovator davlatlar qatorida Qozog‘iston 81-o‘rin, Qirg‘iziston 96-o‘rin, Tojikiston esa 108-o‘rinni egallagan. Markaziy va Janubiy Osiyo miqyosida O‘zbekiston Hindiston va Erondan so‘ng uchinchi o‘rindan joy olgan.
Hisobotda O‘zbekistonning ko‘rsatkichlari bir qator yo‘nalishlarda yaxshilandi va ularda ijobiy dinamika kuzatildi:
inson kapitali va tadqiqotlar;
bilim va texnologiya mahsulotlari.
Eksportbop yuqori texnologiyali mahsulotlar, startaplarni moliyalashtirish va oliy ta’lim muassasalariga qabul sonining o‘sishi eng muhim omillar sifatida qayd etiladi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash mumkinki, davlat strategiyasida belgilangan “O‘zbekiston – 2030” maqsadlariga ko‘ra, mamlakat kelgusida dunyodagi eng innovatsion 50 davlat qatoriga kirishni maqsad qilgan. Joriy yilda qayd etilgan natijalar esa ushbu yo‘nalishdagi harakatlarning izchilligi va samaradorligini ko‘rsatmoqda.