O‘zbekistonning barcha hududlarida innovatsion klinikalar ochiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu mnogoprofilnogo kardiologicheskogo sentra v gorode Shaxrisabze.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu mnogoprofilnogo kardiologicheskogo sentra v gorode Shaxrisabze. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2025
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev: bunga qancha mablag‘ kerak bo‘lsa, topamiz.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Innovatsion klinikalar respublikaning 14 ta hududida tashkil etilishi zarur. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyovning Shahrisabzdagi “Oq saroy” klinikasiga tashrifi chog‘ida ma’lum qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
O‘zbekiston yetakchisi ko‘p tarmoqli kardiologiya markazi faoliyati bilan tanishdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu mnogoprofilnogo kardiologicheskogo sentra v gorode Shaxrisabze.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu mnogoprofilnogo kardiologicheskogo sentra v gorode Shaxrisabze. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu mnogoprofilnogo kardiologicheskogo sentra v gorode Shaxrisabze.
Qayd etilishicha, bugungi kunda Qashqadaryoda 700 dan ziyod xususiy klinika ochilgan, ularda 72 ta xizmat turi yo‘lga qo‘yilgan.
Rossiyalik tadbirkor bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Oq saroy” klinikasi yaqinda ishga tushdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu mnogoprofilnogo kardiologicheskogo sentra v gorode Shaxrisabze.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu mnogoprofilnogo kardiologicheskogo sentra v gorode Shaxrisabze. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu mnogoprofilnogo kardiologicheskogo sentra v gorode Shaxrisabze.

“Bu yerda 4 ta jarrohlik va 6 ta reanimatsiya xonalari, 100 tadan ortiq shifo o‘rinlari mavjud. Bir vaqtning o‘zida 4 ta va kuniga 25 tagacha yuqori texnologiyali kardiojarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish imkoniyati yaratilgan. Buning uchun Rossiya, Turkiya va Kuvaytdan malakali shifokorlar ishga jalb etilgan. Stentlash, aorta koronar shuntlash, tug‘ma nuqsonlarni bartaraf etish, endoprotezlash kabi davolar samarasi yuqori”, — deyiladi xabarda.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu mnogoprofilnogo kardiologicheskogo sentra v gorode Shaxrisabze.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu mnogoprofilnogo kardiologicheskogo sentra v gorode Shaxrisabze. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu mnogoprofilnogo kardiologicheskogo sentra v gorode Shaxrisabze.
Markaz yuqori aniqlikda tashxis xizmati ham ko‘rsatadi. Masalan, zamonaviy exokardiografiya uskunasi sun’iy intellekt yordamida ishlaydi.
Qayd etilishicha, bunaqasi hozircha O‘zbekistonda yagona.
Davlat rahbari bunday innovatsion klinikalar tibbiyotda sifat va dunyoqarashni o‘zgartirishi, boshqalarni ham transformatsiyaga undashini ta’kidladi.
“Bu yerdagi tizimni andoza qilib olib, 14 ta hududimizda shunday klinikalar tashkil etish zarur. Bunga qancha mablag‘ kerak bo‘lsa, topamiz. Faqat zamirida xalqimiz uchun kafolatlangan sifatli davo bo‘lishi lozim. Muqobillik, raqobat bo‘lmasa, sifatga intilish bo‘lmaydi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu mnogoprofilnogo kardiologicheskogo sentra v gorode Shaxrisabze.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu mnogoprofilnogo kardiologicheskogo sentra v gorode Shaxrisabze. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu mnogoprofilnogo kardiologicheskogo sentra v gorode Shaxrisabze.
Mutasaddilarga bu borada taklif tayyorlash, klinikalarni birlamchi bo‘g‘in va tibbiy sug‘urta tizimi bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shifoxonada 130 ta ish o‘rni yaratilgan. Malakali mutaxassislar tayyorlash uchun shu yerning o‘zida klinik ordinatura yo‘lga qo‘yilgan.
Qayd etilishicha, noto‘g‘ri ovqatlanish oqibatida qashqadaryoliklar orasida yurak qon-tomir xastaliklari ko‘p uchraydi. Yangi klinika va uning qoshidagi markaz ushbu kasalliklarni erta aniqlab tashxis qo‘yish va davolashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur markaz tomonidan mobil diagnostika mashinalari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, chekka hududlardagi aholiga UTT, MSKT, EKG kabi tibbiy xizmatlarni ko‘rsatadi.
Yangiliklar lentasi
0