https://oz.sputniknews.uz/20250918/turkiy-xalq-konferentsiya-rezolyutsiya-52043773.html
Rossiya, Xitoy va turkiy davlatlar ilmiy-madaniy tarixni o‘rganishda hamkorlik qiladi
Rossiya, Xitoy va turkiy davlatlar ilmiy-madaniy tarixni o‘rganishda hamkorlik qiladi
Sputnik O‘zbekiston
Oltoyda turkiy xalqlarga oid xalqaro anjumanda rezolyutsiya qabul qilindi. Hujjatda tarix, filologiya va madaniyatni birgalikda o‘rganish ta’kidlandi.
2025-09-18T13:02+0500
2025-09-18T13:02+0500
2025-09-18T13:02+0500
madaniyat
dunyoda
turkiy tilli millatlar
anjuman
oltoy o‘lkasi
ilm-fan
olimlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/12/52042643_0:104:1100:723_1920x0_80_0_0_fd8e51c7808baf1b50add477146a3ce4.jpg
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. "Oltoy — turkiy xalqlarning tarixiy vatani" anjumani ishtirokchilari rezolyutsiya qabul qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Hujjatda turkiy xalqlar tarixi, filologiyasi va madaniyatini birgalikda o‘rganish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish muhimligi alohida ta’kidlangan.Shuningdek, hujjatda Shimoliy Yevroosiyo davlatlari darsliklarida qo‘shma tarix voqealari bo‘yicha ta’riflarni yaqinlashtirish, qo‘shma tadqiqotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish zarurligi ko‘rsatilgan.Ma’lumot uchun: "Oltoy — turkiy xalqlarning tarixiy vatani" anjumani — turkiy xalqlar tarixi, madaniyati va tilshunosligini o‘rganishga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjuman. Ushbu anjuman Rossiyaning Oltoy Respublikasida o‘tkazilib, unda O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Vengriya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Ozarbayjon olimlari ishtirok etdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250917/tarix-hamkor-poydevor-putin-52021638.html
oltoy o‘lkasi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/12/52042643_56:0:1033:733_1920x0_80_0_0_117475162b9a9588d9cee1cf5772b06e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
oltoy konferensiyasi, turkiy xalqlar tarixi, turkiy xalqlar madaniyati, turkiy xalqlar filologiyasi, turkologiya va oltoyshunoslik, oltoy rezolyutsiya, xalqaro anjuman turkiy xalqlar, shimoliy yevroosiyo tarixi, qo‘shma rezolyutsiya konferensiya, turkiy xalqlar tarixiy vatani oltoy, rossiya, xitoy, vengriya, qozog‘iston, turkmaniston, qirg‘iziston, o‘zbekiston, ozarboyjon, belarus
oltoy konferensiyasi, turkiy xalqlar tarixi, turkiy xalqlar madaniyati, turkiy xalqlar filologiyasi, turkologiya va oltoyshunoslik, oltoy rezolyutsiya, xalqaro anjuman turkiy xalqlar, shimoliy yevroosiyo tarixi, qo‘shma rezolyutsiya konferensiya, turkiy xalqlar tarixiy vatani oltoy, rossiya, xitoy, vengriya, qozog‘iston, turkmaniston, qirg‘iziston, o‘zbekiston, ozarboyjon, belarus
Rossiya, Xitoy va turkiy davlatlar ilmiy-madaniy tarixni o‘rganishda hamkorlik qiladi
O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy va qator davlat olimlari ishtirok etgan anjumanda turkiy xalqlar tarixi va madaniyatiga oid rezolyutsiya qabul qilindi.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. "Oltoy — turkiy xalqlarning tarixiy vatani" anjumani ishtirokchilari rezolyutsiya qabul qildi. Bu haqda RIA Novosti
xabar berdi.
Hujjatda turkiy xalqlar tarixi, filologiyasi va madaniyatini birgalikda o‘rganish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish muhimligi alohida ta’kidlangan.
"Shimoliy Yevroosiyo xalqlarini birlashtiruvchi ilmiy-ma’rifiy va madaniy hamkorlikka ko‘maklashish, turkiy xalqlar tarixi, filologiyasi, madaniyati masalalarini birgalikda o‘rganish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish, mavjud muloqot maydonlarida ilmiy kuchlarni birlashtirish, shuningdek, turkologiya va oltoyshunoslikni o‘rganish bo‘yicha yangi markazlarni tashkil etish zarurligi qayd etilgan", — deyiladi rezolyutsiyada.
Shuningdek, hujjatda Shimoliy Yevroosiyo davlatlari darsliklarida qo‘shma tarix voqealari bo‘yicha ta’riflarni yaqinlashtirish, qo‘shma tadqiqotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish zarurligi ko‘rsatilgan.
"Davlatlarimizning birgalikdagi o‘tmishining umumiy qiyofasini saqlab qolish, uni professional ilmiy tadqiqotlar, maktab va oliy o‘quv yurtlari tarix darsliklari asosida ilmiy asoslangan, ziddiyatsiz baholash o‘ta muhim vazifadir", — deyiladi hujjatda.
Ma’lumot uchun: "Oltoy — turkiy xalqlarning tarixiy vatani" anjumani — turkiy xalqlar tarixi, madaniyati va tilshunosligini o‘rganishga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjuman. Ushbu anjuman Rossiyaning Oltoy Respublikasida o‘tkazilib, unda O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Vengriya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Ozarbayjon olimlari ishtirok etdi.