https://oz.sputniknews.uz/20250917/tarix-hamkor-poydevor-putin-52021638.html
Umumiy tarix xalqaro hamkorlik uchun poydevor bo‘lishi kerak – Putin
Umumiy tarix xalqaro hamkorlik uchun poydevor bo‘lishi kerak – Putin
Sputnik O‘zbekiston
Umumiy tarix xalqaro hamkorlik uchun poydevor bo‘lishi kerakligi haqida Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Oltoy – turkiy xalqlar vatani. Turkiy sivilizatsiya shakllanishi xususida" xalqaro anjuman ta’kidladi
2025-09-17T15:31+0500
2025-09-17T15:31+0500
2025-09-17T15:31+0500
dunyoda
madaniyat
rossiya
vladimir putin
oltoy o‘lkasi
turkiy tilli millatlar
ilm-fan
anjuman
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/04/36531158_0:214:3078:1945_1920x0_80_0_0_0e017d686d003e226bfc58cc473fef99.jpg
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Umumiy tarix xalqaro hamkorlik uchun poydevor bo‘lishi kerakligi haqida Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Oltoy – turkiy xalqlar vatani. Turkiy sivilizatsiya tarixi boshlanishi" xalqaro anjuman ishtirokchilariga yo‘llagan tabrik maktubida ta’kidladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Tabrikni Rossiya Federatsiyasi rahbari yordamchisi Vladimir Medinskiy o‘qib eshittirdi.Unda anjuman turkshinus va oltoyshunoslikning keng ko‘lamli ilmiy muammolarini, shuningdek, Yevrosiyoning boshqa xalqlari kelib chiqishi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishga bag‘ishlangani hamda qit’a ko‘plab qadimiy sivilizatsiyalar beshigi ekanligi ta’kidlanadi.Qayd etilishicha, Oltoyning "Manjerok" dam olish maskanida o‘tayotgan tadbirda O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Vengriya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Ozarbayjondan yetakchi olimlar va mutaxassislar Yevrosiyodagi tarixiy-madaniy masalalarni muhokama qilish uchun to‘planishgan. Asosiy mavzulardan biri – umumiy madaniy-tarixiy merosni o‘rganish asrab-avaylash bo‘yicha hamkorlikdagi ishlar.Bundan tashqari, xalqaro mualliflar katta guruhining fundamental asari – "Turkiy sivilizatsiya solnomasi"ning ikkinchi jildi taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
oltoy o‘lkasi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/04/36531158_524:167:2851:1912_1920x0_80_0_0_be94682b51b1e13deec6af53e03d17d0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, madaniyat, rossiya, vladimir putin, oltoy o‘lkasi, turkiy tilli millatlar, ilm-fan, anjuman
dunyoda, madaniyat, rossiya, vladimir putin, oltoy o‘lkasi, turkiy tilli millatlar, ilm-fan, anjuman
Umumiy tarix xalqaro hamkorlik uchun poydevor bo‘lishi kerak – Putin
Rossiya Federatsiyasi rahbari "Oltoy – turkiy xalqlar vatani. Turkiy sivilizatsiya tarixi boshlanishi xalqaro anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi. Ishtirokchilar orasida o‘zbekistonlik olimlar va mutaxassislar ham bor.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Umumiy tarix xalqaro hamkorlik uchun poydevor bo‘lishi kerakligi haqida Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Oltoy – turkiy xalqlar vatani. Turkiy sivilizatsiya tarixi boshlanishi" xalqaro anjuman ishtirokchilariga yo‘llagan tabrik maktubida ta’kidladi. Bu haqda RIA Novosti
xabar berdi.
Tabrikni Rossiya Federatsiyasi rahbari yordamchisi Vladimir Medinskiy o‘qib eshittirdi.
Unda anjuman turkshinus va oltoyshunoslikning keng ko‘lamli ilmiy muammolarini, shuningdek, Yevrosiyoning boshqa xalqlari kelib chiqishi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishga bag‘ishlangani hamda qit’a ko‘plab qadimiy sivilizatsiyalar beshigi ekanligi ta’kidlanadi.
"Ishonchim komilki, tarixning umumiy sahifalari, ajdodlarimizning harbiy va mehnat yutuqlari mintaqalararo va xalqaro gumanitar hamkorlikni muvaffaqiyatli rivojlantirish, insonlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash uchun mustahkam poydevor bo‘lishi kerak”, – deyiladi Rossiya prezidenti tabrigida.
Qayd etilishicha, Oltoyning "Manjerok" dam olish maskanida o‘tayotgan tadbirda O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Vengriya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Ozarbayjondan yetakchi olimlar va mutaxassislar Yevrosiyodagi tarixiy-madaniy masalalarni muhokama qilish uchun to‘planishgan. Asosiy mavzulardan biri – umumiy madaniy-tarixiy merosni o‘rganish asrab-avaylash bo‘yicha hamkorlikdagi ishlar.
Bundan tashqari, xalqaro mualliflar katta guruhining fundamental asari – "Turkiy sivilizatsiya solnomasi"ning ikkinchi jildi taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.