https://oz.sputniknews.uz/20250918/penza-buxoro-hamkor-aloqa-52056543.html
Buxoro va Penza orasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda
Buxoro va Penza orasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda
Sputnik O‘zbekiston
Penza viloyati gubernatori Oleg Melnichenko Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Rizo Asadov bilan uchrashuv o‘tkazdi
2025-09-18T17:23+0500
2025-09-18T17:23+0500
2025-09-18T17:23+0500
iqtisod
rossiya
o‘zbekiston
hamkorlik
o‘zbekiston - rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/13/52067904_0:210:1258:918_1920x0_80_0_0_20b4a5fed3178bfa494561ea3d1ad0fe.jpg
TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Penza viloyati gubernatori Oleg Melnichenko Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Rizo Asadov bilan uchrashuv o‘tkazdi.Ma’lum bo‘lishicha, bu tomonlarning joriy yildagi ikkinchi uchrashuvi bo‘lib, asosiy maqsad hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.Gubernatorlik bergan xabarga ko‘ra, suhbat davomida Penza viloyati rahbari o‘z mahsulotlarini O‘zbekistonga eksport qilish va Buxorodan Penza bozorlariga tovarlar yetkazib berish imkoniyatlariga to‘xtalgan. Rizo Asadovga viloyatdagi yirik korxonalar — tibbiy uskunalar, xavfsizlik tizimlari hamda mebel ishlab chiqaruvchi kompaniyalar faoliyati tanishtirilishi rejalashtirilgani ham aytilmoqda.“Biz Penza viloyatining salohiyatiga ishonamiz, hamkorlikda ko‘p ishlarni amalga oshirish mumkin”, — dedi Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari Rizo Asadov.
https://oz.sputniknews.uz/20250429/ozbekiston-rossiya-sverdlovsk-hamkor-49076570.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/13/52067904_0:5:1258:949_1920x0_80_0_0_6306d7acd6225ad22aef49073eedf4aa.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
penza gubernator oleg melnichenko buxoro viloyati hokim rizo asadov uchrashuv
penza gubernator oleg melnichenko buxoro viloyati hokim rizo asadov uchrashuv
Buxoro va Penza orasida hamkorlik aloqalari kengaymoqda
Hududlararo hamkorlik uchrashuvlarining amaliy natijalari nafaqat savdo va moliya, balki madaniy sohalarni ham qamrab olmoqda.
TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Penza viloyati gubernatori Oleg Melnichenko Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Rizo Asadov bilan
uchrashuv o‘tkazdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu tomonlarning joriy yildagi ikkinchi uchrashuvi bo‘lib, asosiy maqsad hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.
Melnichenkoning ta’kidlashicha, Rossiya va O‘zbekiston prezidentlari — Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev siyosati doirasida hududlararo hamkorlik bosqichma-bosqich rivojlanmoqda. So‘nggi besh yilda O‘zbekiston bilan tashqi savdo aylanmasi 1,5 baravar o‘sgan, joriy yilning dastlabki olti oyida esa yana 6 foizga ortishi reja qilingan.
Gubernatorlik bergan xabarga ko‘ra, suhbat davomida Penza viloyati rahbari o‘z mahsulotlarini O‘zbekistonga eksport qilish va Buxorodan Penza bozorlariga tovarlar yetkazib berish imkoniyatlariga to‘xtalgan. Rizo Asadovga viloyatdagi yirik korxonalar — tibbiy uskunalar, xavfsizlik tizimlari hamda mebel ishlab chiqaruvchi kompaniyalar faoliyati tanishtirilishi rejalashtirilgani ham aytilmoqda.
Tomonlar gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalarini ham muhokama qilishgan. Jumladan, 15–20 sentabr kunlari Penza viloyatida o‘tkazilgan axborot texnologiyalari bo‘yicha yozgi maktabda o‘zbek yoshlarini ham qabul qilishga tayyorlik bildirilgan. Shuningdek, Buxoro drama va komediya teatrining gastrollari, qo‘shma sport tadbirlarini tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.
“Biz Penza viloyatining salohiyatiga ishonamiz, hamkorlikda ko‘p ishlarni amalga oshirish mumkin”, — dedi Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari Rizo Asadov.