Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

O‘zbekiston Rossiyaning Sverdlovsk viloyati uchun ishonchli hamkor — gubernator o‘rinbosari

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk viloyati gubernatori o‘rinbosari INNOPROM xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etayotgan viloyat korxonalari haqida gapirib berdi.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. O‘zbekiston Sverdlovsk viloyati uchun ishonchli hamkor bo‘lib, faol tashqi savdomiz bo‘lgan beshta davlat qatoriga kiradi, dedi Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk viloyati gubernatori o‘rinbosari Dmitriy Ionin Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida.

“Biz ko‘rgazmada besh yildan beri ishtirok etmoqdamiz. Mazkur tadbir an’anaviy tarzda korxonalarimiz va oliy o‘quv yurtlarimizda katta qiziqish uyg‘otadi. Bu yil biz 34 ta korxona va yetakchi oliygohlardan biri — Ural federal universitetini olib keldik. Bu bejiz emas: adashmasam, birgina Yekaterinburgdagi UrFUda O‘zbekistondan kamida 1200 nafar talaba tahsil olmoqda. Bizning stendimizda asosan yuqori texnologiyali, o‘zbek hamkorlari bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirgan 10 ta korxona taqdim etilgan”, - dedi Dmitriy Ionin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston "Innoprom"da ishtirok eta boshlaganidan buyon o‘zaro tovar ayirboshlash deyarli ikki baravar oshdi – bu jiddiy o‘sish.

“Bu jarayonga O‘zbekistonning faol rivojlanishi ham hissa qo‘shmoqda. Shaxsan men uchun bu mamlakat allaqachon yaqin bo‘lishga ulgurgan — xorijga chiqish pasportimdagi so‘nggi sakkizta muhr aynan O‘zbekistonga safarlar bilan bog‘liq. Men uning aholisining mehmondo‘stligi va mehnatsevarligiga chin dildan qoyil qolaman. O‘zbekiston Sverdlovsk viloyati uchun ishonchli hamkor bo‘lib, faol tashqi savdomiz bo‘lgan beshta davlat qatoriga kiradi”, - deya qayd etdi Sverdlovsk viloyati gubernatori o‘rinbosari.

Shuningdek, u turizm va qishloq xo‘jaligida katta salohiyat mavjud ekanligini aytdi.

“O‘zbekistondan import qilinadigan mahsulotlar – sabzavot va mevalar hajmi barqaror o‘sib bormoqda. Bu mahsulotlar Sverdlovsk viloyatining barcha savdo tarmoqlarida mavjud va ularga talab yuqori, — dedi Dmitriy Ionin. Turizmni rivojlantirish uchun salohiyat bor. Sverdlovsk viloyatining ko‘plab aholisi O‘zbekistonga tez-tez safar qiladi. Biz uchun yoqimli tomoni — O‘zbekiston aholisi ham dam olish uchun Sverdlovsk viloyatini tanlayapti".

Uning aytishicha, bu, shubhasiz, o‘zaro aloqalar rivojlanishiga ko‘maklashmoqda, jumladan, Toshkent va Samarqand o‘rtasidagi erkin aviaqatnovlar tufayli. Boshqa qiziqarli yo‘nalishlar ham bor, masalan, Buxoro.
"O‘tgan yili biz Farg‘onada faol ish olib bordik, u yerda mahalliy korxonalar bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdik. Bu yo‘nalish ham juda talabga ega bo‘lib, rivojlanishda davom etmoqda. Esimda, bolaligimda onam bilan birga u yerda bo‘lganman, chunki bu viloyatda qarindoshlarim yashardi. Hatto Komsomol ko‘lini topgan edik, afsuski, hozir u qurib ketgan", — deya qayd etdi u.
Ionin qishloq xo‘jaligi haqida gapirar ekan, O‘zbekistondan import qilinayotgan sabzavot va mevalar hajmi o‘sayotganini ta’kidladi.

"Bu mahsulotlar Sverdlovsk viloyatining barcha savdo tarmoqlarida mavjud va katta talabga ega. Mahsulot oqimi o‘smoqda va bu bizning hududlarimiz o‘rtasidagi yaqin savdo aloqalarini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, delegatsiyamiz tarkibiga kirgan korxonalarning yarmidan ko‘pi O‘zbekistonda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish tajribasiga ega yoki uskunalar yetkazib beruvchi hamkorlar hisoblanadi", - deya qo‘shimcha qildi Ionin.

Ma’lumot uchun, Toshkentda 28-30 aprel kunlari “INNOPROM.Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazma beshinchi bor energetika va metallurgiya, sanoatni avtomatlashtirish va IT-texnologiyalari, farmatsevtika, tibbiyot kompleksi va boshqa turli sohalarda faoliyat yurituvchi kompaniyalar uchun hamkorlik markaziga aylanishi kutilmoqda.
Batafsil Sputnik O‘zbekiston videosida.
Yangiliklar lentasi
0