https://oz.sputniknews.uz/20250910/trump-europian-union-china-india-51867505.html
Tramp YeIni Xitoy va Hindistonga qarshi gijgijlamoqda
Tramp YeIni Xitoy va Hindistonga qarshi gijgijlamoqda
Sputnik O‘zbekiston
Uning asosiy maqsadi – Xitoy va Hindiston importiga 100% boj joriy etish orqali Rossiya qarorlariga ta’sir o‘tkazish. 10.09.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-09-10T12:04+0500
2025-09-10T12:04+0500
2025-09-10T12:04+0500
dunyoda
yevropa ittifoqi
aqsh
aqsh prezidenti
xitoy
hindiston
sanksiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/05/20372201_0:0:3136:1765_1920x0_80_0_0_840218695b3dc09921e0fb098f03ff21.jpg
TOShKENT, 10-sen – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqini Moskvaga bosim o‘tkazish maqsadida Xitoy va Hindistondan import qilinadigan mahsulotlarga 100% boj joriy etishga da’vat etdi. Bu haqda "Financial Times" o‘z manbalariga tayangan holda xabar berdi.Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp ushbu taklifni yaqinda Vashingtonda o‘tgan AQSh va Yevropa Ittifoqi amaldorlari yig‘ilishiga telefon orqali ulanganda bildirgan. Unda Ukrainadagi mojaro ortidan Rossiya uchun iqtisodiy xarajatlarni oshirish strategiyalari muhokama qilingan.AQShning boshqa bir amaldori esa Nyu-Dehli va Xitoyga nisbatan joriy etilgan choralarni xuddi shu qiymatda takrorlashga tayyor ekanligini aytgani ham gazetada oshkor qilingan.Tramp yutqazdi: Hindiston AQShga bo‘ysunmadiBundan bir qancha muddat ilgari Tramp Hindistonni bir tomonlikda ayblab, Nyu-Dehli sotib olayotgan mahsulotlarning asosiy qismi Rossiyaga tegishli ekanligini iddao qilgan va hind tovarlariga 50% boj kiritgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20250907/hindiston-aqsh-51790054.html
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/05/20372201_246:0:2977:2048_1920x0_80_0_0_9377b666fa9c91dc6ab45bda08a6231e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, yevropa ittifoqi, aqsh, aqsh prezidenti, xitoy, hindiston, sanksiya
dunyoda, yevropa ittifoqi, aqsh, aqsh prezidenti, xitoy, hindiston, sanksiya
Tramp YeIni Xitoy va Hindistonga qarshi gijgijlamoqda
Uning asosiy maqsadi – Xitoy va Hindiston importiga 100% boj joriy etish orqali Rossiya qarorlariga ta’sir o‘tkazish.
TOShKENT, 10-sen – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqini Moskvaga bosim o‘tkazish maqsadida Xitoy va Hindistondan import qilinadigan mahsulotlarga 100% boj joriy etishga da’vat etdi. Bu haqda "Financial Times" o‘z manbalariga tayangan holda
xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp ushbu taklifni yaqinda Vashingtonda o‘tgan AQSh va Yevropa Ittifoqi amaldorlari yig‘ilishiga telefon orqali ulanganda bildirgan. Unda Ukrainadagi mojaro ortidan Rossiya uchun iqtisodiy xarajatlarni oshirish strategiyalari muhokama qilingan.
"Financial Times" insayderi Trampning so‘zlarini ma’lum qildi: “Aniq yondashuv shunday: keling, hammamiz qat’iy tariflarni joriy qilaylik va xitoyliklar neft sotib olishni to‘xtatishga rozi bo‘lmaguncha ularni saqlab turamiz”.
AQShning boshqa bir amaldori esa Nyu-Dehli va Xitoyga nisbatan joriy etilgan choralarni xuddi shu qiymatda takrorlashga tayyor ekanligini aytgani ham gazetada oshkor qilingan.
Xabariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi allaqachon Rossiya energiya resurslarini import qilgani uchun Xitoyga qarshi ehtimoliy ikkilamchi sanksiyalarni muhokama qilishni boshlagan. Ammo muzokaralar hozircha “dastlabki bosqichda” bo‘lib, ularning muvaffaqiyati AQShning qo‘llab-quvvatlashiga bog‘liqligi aytilgan.
Bundan bir qancha muddat ilgari Tramp Hindistonni bir tomonlikda ayblab, Nyu-Dehli sotib olayotgan mahsulotlarning asosiy qismi Rossiyaga tegishli ekanligini iddao qilgan va hind tovarlariga 50% boj kiritgan edi.