OAV: Hindistonning AQShdan hafsalasi pir bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishVizit predsedatelya Gosdumi RF V. Volodina v Indiyu
Vizit predsedatelya Gosdumi RF V. Volodina v Indiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2025
Obuna bo‘lish
Xitoy va Yevropa ittifoqi ham xuddi Hindiston kabi RF neftini xarid qilayotgan bo‘lsada, aynan Nyu-Dehli oq uy bosimiga uchrayotganidan norozi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Hindiston amaldorlari Rossiya neftini xarid qilish bo‘yicha bojlar va kelishmovchiliklar tufayli AQShning ishonchli savdo hamkori ekanligiga shubha bildirmoqda, deya xabar qildi "The New York Times" (NYT).
Gazetaning ma’lum qilinishicha, Hindiston rasmiylari bu voqea munosabatlarga uzoq muddatli zarar yetkazishi ehtimoli yuqori ekanligini ochiqchasiga ta’kidlashmoqda.
Shuningdek, ismini oshkor etmaslik sharti bilan so‘zga chiqqan yuqori lavozimli amaldorning fikrlaridan kelib chiqqan holda Rossiya nefti va bojlari bo‘yicha kelishmovchiliklar hal qilingan taqdirda ham, so‘nggi bir necha oy Hindiston siyosatchilariga uzoq yillar davomida AQShning ishonchsizligini eslatib turishi aytilgan.
"Amaldor vaziyatni ritorik savol bilan ifodaladi: agar siz meni to‘rt marta kaltaklab, keyin muzqaymoq bersangiz, bu endi hammasi joyida ekanini anglatadimi?" - deyiladi materialda.
Oq uy rahbari Donald Tramp tomonidan joriy etilgan Hindistondan import uchun qo‘shimcha 25 foizlik boj avgust oyi oxirida kuchga kirdi, umumiy stavka 50 foizga yetdi – bu AQSh tomonidan o‘rnatilgan eng yuqori tariflardan biridir.
Bunga Rossiya neftini xarid qilish sabab bo‘lgani aytilgan – Amerika ma’murlari 2022-yildan beri uning Hindiston importidagi ulushi bir foizdan 42 foizgacha oshganini iddao qilishgan. Shu bilan birga, garchi Nyu-Dehli bojlar 15 foiz darajasida qolishini kutgan bo‘lsa-da, savdo muzokaralarining besh bosqichi muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Tramp yutqazdi: Hindiston AQShga bo‘ysunmadi
Qayd etish joizki, Hindiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Randxir Jaysval yangi tariflarni asossiz deb baholadi. U o‘z mamlakatining har qanday yirik iqtisodiyot singari milliy manfaatlarni himoya qilish choralarini ko‘rishini aytgan.
Shu bilan birga, Nyu-Dehli kelgusida murosaga kelishga tayyorligini bildirmoqda va bitim tuzilishiga umid qilmoqda. Hindiston hukumati, shuningdek, Amerika tanqidining selektivligiga e’tibor qaratdi, chunki Rossiya neftini Xitoy va Yevropa Ittifoqi sotib olishda davom etmoqda.
Donald Tramp na press-konferensii po itogam peregovorov s Vladimirom Putinim na Alyaske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2025
Tramp Hindistonni yana tanqid qila boshladi
Yangiliklar lentasi
0