Tramp Hindistonni yana tanqid qila boshladi

© RIA NovostiDonald Tramp na press-konferensii po itogam peregovorov s Vladimirom Putinim na Alyaske
Donald Tramp na press-konferensii po itogam peregovorov s Vladimirom Putinim na Alyaske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2025
Obuna bo‘lish
Ular neft va mudofaa mahsulotlarini faqat Rossiyadan sotib oldi, bizdan emas. Ancha yillar davomida biz ularga ko‘p narsa sota olmadik, ammo yirik xaridorlari bo‘lishda davom etdik – Tramp
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Tanszinda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorligi tashkiloti (ShHT) sammiti o‘z nihoyasiga yetgach, AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social sahifasida Nyu-Dehlining munosabatlarini bir yoqlamalikda aybladi.
Tarmoqda e’lon qilingan postda Tramp Hindiston ko‘p yillar davomida o‘z mahsulotlarini AQShga sotib kelgani va shtatlarni o‘zining eng asosiy xaridoriga aylantirgani, AQSh esa Hindistonga mavjud tartib va yuqori foizli bojlar sabab hech narsa sota olmaganini ta’kidlaydi.

"Bundan tashqari, Hindiston o‘zining nefti va harbiy mahsulotlarining asosiy qismini Rossiyadan sotib oladi, AQShdan esa juda oz miqdorda... Endi ular o‘z bojxona to‘lovlarini nol % gacha tushirishni taklif qilishmoqda, ammo endi biroz kech, nazarimda", - deya qo‘shimcha qiladi u.

Tramp yutqazdi: Hindiston AQShga bo‘ysunmadi
Ma’lumot o‘rnida shuni qayd etish mumkinki, o‘tgan oyda AQSh ikki davlat savdo bitimini tuza olmaganidan so‘ng Hindistondan keladigan aksariyat tovarlarga 25 % boj joriy etdi. Shundan keyin Nyu-Dehlining Rossiya neftini sotib olishni davom ettirgani vaji bilan qo‘shimcha 25% jarima solig‘i joriy etilib, umumiy import solig‘i 50 % ga yetgan edi.
Prezident RF Vladimir Putin, premyer-ministr Indii Narendra Modi i predsedatel Kitayskoy Narodnoy Respubliki (KNR) Si Szinpin (sleva napravo)  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2025
Rossiya, Xitoy va Hindiston yetakchilari ShHT sammitida AQShga “kuchli signal” jo‘natishdi – WSJ
Yangiliklar lentasi
0