ShHT bosh kotibi o‘rinbosari: O‘zbekiston tashabbuslari tashkilotning tashkiliy rivoji uchun muhim

© Ministerstvo oboroni RFFlagi i emblema ShOS
Flagi i emblema ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2025
Obuna bo‘lish
Toshkentdagi davra suhbati ishtirokchilarining fikricha, madaniy aloqalarni chuqurlashtirish va xalq diplomatiyasi institutini mustahkamlash ShHT doirasidagi uzoq muddatli sheriklikning muhim omilidir
TOShKENT, 4 sen – Sputnik. O‘zbekiston poytaxtida "ShHT amalda: Yangi O‘zbekiston tashabbuslari" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Muloqotga davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari, olimlar, parlament a’zolari, talaba yoshlar taklif etildi.
Shavkat Mirziyoyev tomonidan Tanszin sammitida ilgari surilgan tashabbuslar ishtirokchilarning diqqat markazida bo‘ldi.
O‘zbekiston rahbari tashkilot va uning institutlari faoliyati samaradorligini oshirishni taklif qildi. Shuningdek, u tashkilotni yangi hamkorlar, jumladan, Global Janub mamlakatlari hisobiga kengaytirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi.
U xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratdi: ShHTning yadroviy xavfsizlik bo‘yicha deklaratsiyasini qabul qilish, ichki ishlar vazirlari yig‘ilishi faoliyatini qayta tiklash, jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha bitimni yangilash va 2030-yilgacha giyohvandlikka qarshi kurash dasturini ishlab chiqishni taklif qildi.
Bundan tashqari, Afg‘onistonda muloqot va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish maqsadida "ShHT - Afg‘oniston" muloqot guruhi faoliyati qayta tiklanishini qo‘llab-quvvatladi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v ocherednom zasedanii Soveta glav gosudarstv-chlenov ShOS v gorode Tanszine - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2025
Mirziyoyev ShHT sammitida qanday takliflarni ilgari surdi
O‘zbekiston yetakchisining iqtisodiy sohadagi tashabbuslari savdo tartib-taomillarini soddalashtirish va mintaqaviy loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etishni jadallashtirish to‘g‘risidagi bitimni imzolashga bag‘ishlandi.
Bundan tashqari, u ko‘p tomonlama platformalar - Energetika konsorsiumi, Strategik materiallar bo‘yicha mintaqaviy markaz, startaplarni qo‘llab-quvvatlash uchun venchur fondlari tarmog‘i, shuningdek, biznes aloqalarini rivojlantirish uchun elektron portal tashkil etishni taklif qildi.
Transport yo‘nalishlarini rivojlantirish haqida so‘z borar ekan, Mirziyoyev "Shimol - Janub" va "Sharq - G‘arb" yo‘laklaridan faolroq foydalanish, Hind okeani va Fors ko‘rfazi tomon yo‘llarni rivojlantirish, "Bir makon - bir yo‘l" tashabbusini hisobga olgan holda ShHTning yagona transport makonini shakllantirishga chorladi.
O‘zbekiston milliy universiteti prorektori Raima Shirinova O‘zbekiston prezidentining "ShHT universiteti" onlayn kampusini ishga tushirish, Tashkilot doirasida talabalar va yosh mutaxassislar o‘rtasida tanlov va olimpiadalar tashkil etish bo‘yicha tashabbuslari ta’lim, fan va texnologiyalar sohasidagi almashinuvlarni jadallashtirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
O‘zbekiston ShHT bilan qanday hamkorlik qilmoqda
Ta’kidlanganidek, madaniy aloqalarni chuqurlashtirish va xalq diplomatiyasi institutini mustahkamlash ShHT doirasidagi uzoq muddatli sheriklikning muhim omilidir.
Ekologik kun tartibi doirasida davlat rahbari iqlim o‘zgarishi, dekarbonizatsiya, ekologik xavflarni prognoz qilish uchun sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish masalalari bo‘yicha ShHT mintaqaviy platformasini yaratishni taklif qildi. Uchrashuv ishtirokchilarining fikricha, bu Markaziy Osiyodagi suv tanqisligini kamaytirish va mintaqadagi iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish uchun juda muhimdir.

Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari Pao Yanfan o‘z videomurojaatida O‘zbekiston rahbariyati tomonidan bildirilgan tashabbuslar ShHTning institutsional rivojlanishi uchun muhimligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular "Shanxay ruhi" tamoyillariga to‘liq mos keladi, zero a’zo davlatlar manfaatlariga birdek xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston 2017-yildan buyon Tashkilotda sezilarli faollashib, ShHT mamlakatlarining amaliy hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ilgari surib kelmoqda. Bugungi kunga qadar respublikaning siyosiy, iqtisodiy, innovatsion va gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan 105 ta tashabbusidan 80 tadan ortig‘i muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
 Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na vstreche v formate ShOS plyus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2025
“ShHT plyus”: Mirziyoyev qanday tashabbuslarni bildirdi
Yangiliklar lentasi
0