Rossiya, Xitoy va Hindiston yetakchilari ShHT sammitida AQShga “kuchli signal” jo‘natishdi – WSJ

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin, premyer-ministr Indii Narendra Modi i predsedatel Kitayskoy Narodnoy Respubliki (KNR) Si Szinpin (sleva napravo)
Prezident RF Vladimir Putin, premyer-ministr Indii Narendra Modi i predsedatel Kitayskoy Narodnoy Respubliki (KNR) Si Szinpin (sleva napravo)  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2025
Obuna bo‘lish
Bu birdamlik harakati AQShning Pekinni tiyib turish, Rossiyaning Xitoy bilan aloqasini uzish va Hindistonni Rossiya neftini xarid qilmaslikka ko‘ndirishga bo‘lgan urinishlari vaqtida yangragan.
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Rossiya, Xitoy va Hindiston yetakchilari Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammitida birdamlik ko‘rsatishdi va bu AQSh prezidenti Donald Trampning tashqi siyosati uchun chaqiriq bo‘ldi. Bu haqda “The Wall Street Journal” gazetasi yozmoqda.
Xitoy raisi Si Szinpin, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir-birini quchoqlab turgani aks etgan kadrlar Vashingtonga kuchli signal yuborgan. Bu birdamlik harakati Trampniing Pekinni tiyib turish, Rossiyaning Xitoy bilan aloqasini uzish va Hindistonni Rossiya neftini xarid qilmaslikka ko‘ndirishga bo‘lgan urinishlari vaqtida yangragan.
Maqola yozilishicha, bu uchrashuv G‘arb mamlakatlarida tashvish uyg‘otadi.
“Prezident Trampning Vladimir Putin bilan yumshoq muomilasi Rossiyani Xitoy bilan hech qanday yiroqlashtirmadi. Boshqa tomondan, uning Narendra Modi bilan keskin muomilasi Hindistonni Rossiyaga yaqinlashtirapti va Xitoy bilan munosabatlarini iliqlashtirishga undayapti”, - deyiladi xabarda.
ShHT sammiti Xitoyning Tanszin shahrida 31-avgust-1 sentabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda 20 tadan ziyod xorijiy davlat yetakchilari qatnashdi.
Hozirda ShHT 10 ta a’zo davlatni (Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston) birlashtiradi. Shuningdek, ShHTda kuzatuvchi maqomiga ega 2 ta davlat (Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston) va 14 ta muloqot bo‘yicha hamkor (Ozarbayjon, Armaniston, Bahrayn, Misr, Kambodja, Qatar, Kuvayt, Maldiv orollari, Myanma, Nepal, BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Shri-Lanka) mavjud. Tanszindagi sammitda kuzatuvchi maqomi sheriklarga o‘zgartirildi. Sammitda Laos sherik sifatida qabul qilindi. Shu tariqa ShHT sheriklari soni 17 taga yetdi.
Premyer-ministr Indii Narendra Modi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2025
Tramp yutqazdi: Hindiston AQShga bo‘ysunmadi
Yangiliklar lentasi
0