Tramp yutqazdi: Hindiston AQShga bo‘ysunmadi
19:10 28.08.2025 (yangilandi: 12:08 29.08.2025)

© Sputnik / Sergey Guneyev
/ Obuna bo‘lish
Tramp Hindistonga bosimni oshirib yubordi, lekin baribir qat’iy "yo‘q" javobini oldi. Hindiston o‘z obro‘yini puldan ustun ko‘rdi.
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Hindistonning geosiyosiy ahamiyatini ortiqcha baholash qiyin: eng yirik aholi soni, o‘rta muddatli kelajakda dunyoning uchinchi yirik iqtisodiyotiga aylanish istiqboli, eng qadimgi sivilizatsiya va muhim geografik joylashuv.
Rivojlangan davlatlarda yuqori lavozimlarda ishlayotgan nufuzli va ko‘p sonli hind emigratsiyasi ham global o‘yinda sezilarli omil hisoblanadi. Masalan bugun Amerika ma’muriyatida hindlar misli ko‘rilmagan miqyosda namoyon bo‘lmoqda: ikkinchi xonim, ya’ni vitse-prezidentning rafiqasi, FQB rahbari kelib chiqishi hindistonlik va Milliy razvedka agentligini boshlig‘i — induizm dini vakili.
So‘nggi kunlarda G‘arb OAVlari Donald Tramp Narendra Modi bilan to‘rt marta telefonda gaplashmoqchi bo‘lganini, biroq Hindiston bosh vaziri "go‘shakni ko‘tarmaganini" xabar qilmoqda. Albatta bu yerda OAVga xos mubolag‘a bo‘lishi mumkin. Aslida gap, katta ehtimollik bilan, Vashington va Dehli orasida to‘laqonli telefon muzokaralarini tashkil etishga urinish haqida ketmoqda.

Ammo Tramp haqiqatan ham Dehli bilan katta muammolarga duch kelmoqda. Xo‘sh, bunga kim aybdor?
Birinchi navbatda - Rossiya. Kecha AQShning Hindiston eksportiga nisbatan oshirilgan 50 foizlik bojlari kuchga kirdi. Uning yarimi — Hindiston Rossiya neftini sotib olayotgani uchun "jarima"dir. Aftidan, Vashington Dehli bosim ostida egilib, Rossiya neftini sotib olishdan bosh tortishiga jiddiy ishongan.
Ammo Modi taslim bo‘lmadi, chunki u gap umuman pulda emasligini tushundi. Endi bo‘lsa G‘arb OAVlari dovdirab qoldi: bunday bo‘lishi mumkin emas, chunki “sof iqtisodiy nuqtayi nazardan Trampga taslim bo‘lish ancha arzonga tushardi”. Ularning hisob-kitobiga ko‘ra, Hindiston Rossiya neftidan oladigan daromadi yiliga 3,5 milliard dollarni tashkil qiladi. Lekin AQShga qilinadigan 87 milliard dollarlik eksportning yarmi ulkan bojlar ostida qoladi. Axir Dehli ko‘proq mablag‘ yo‘qotadi!
Bu yerda gap hatto, Hindiston Rossiya neftidan voz kechsa Moskva bilan munosabatlarning buzilishida ham emas.
Hindiston Qo‘shma Shtatlarga taslim bo‘la olmadi, chunki bu uning dunyodagi obro‘siga putur yetkazadi, uning suverenitetini cheklaydi, ya’ni milliy manfaatlari va strategiyasiga zid keladi.
Modi post-amerikalik dunyo tartibini jadal qurishga chaqirmaydi, G‘arbdan keyingi davr boshlanishi haqida gapirmaydi, lekin bu sodir bo‘layotganini ko‘rmoqda.
Xitoy va Rossiyadan farqli o‘laroq, G‘arb Hindistonni o‘zining dushmani yoki tahdidi deb e’lon qilmagan, Hindistonda imperialistik intilishlar borligi yoki "qoidalarga asoslangan tartib" ga qarshi chiqayotganini aytmaydi. Aksincha, G‘arb uni yaqin sherik, hatto qaysidir ma’noda ittifoqchi sifatida o‘zi tomonga og‘dirib olishni xohlaydi. Dehli ham ko‘pincha bu harakatlarga qarshi chiqmaydi. Ammo G‘arb o‘zining asosiy maqsadini - Xitoy va Rossiyaga qarshi o‘yinda Hindistonni manipulyatsiya qilish niyatini haddan tashqari ochiqlab qo‘yganda, Dehli ham qat’iy "Yo‘q" javobini beradi.

Birinchi variant klassik: G‘arb uzoq vaqtdan beri Hindiston-Xitoy qarama-qarshiligida "o‘ynab" kelmoqda. Ikkinchisi yaqinroq: hatto eng ilg‘or amerikalik strateglar ham Dehlini Moskva bilan janjallashtira olishmadi. Bundan tashqari, bu safar Tramp o‘ta qo‘pol gaplarni aytdi, tariflarni e’lon qilar ekan, u Hindistonning "o‘lik" iqtisodiga nima bo‘lishi unga farqi yo‘qligini aytdi. Bu ortiqcha gap edi, shundan so‘ng Hindistonning Rossiya neftidan voz kechishga rozi bo‘lish ehtimoli bir foizdan nolga tushdi.
Demak, Amerika-Hindiston munosabatlaridagi hozirgi inqirozning ikkinchi sababi aniq: AQSh o‘z ta’siri va ahamiyati haqidagi tasavvurni haddan tashqari yuqori baholab yuborgan. Albatta, bu faqat Hindistonga tegishli emas, lekin aynan shu yerda yaqqol namoyon bo‘ldi.
Siz o‘zingiz uchun juda muhim davlat bilan yaxshi munosabatlardan manfaatdorsiz, lekin siz unga nafaqat bojlar kiritasiz (barchaga bo‘lgani kabi), balki uning tarixiy hamkori (ya’ni Rossiya) bilan munosabatlariga ham bosim o‘tkaza boshlaysiz, uni tiz cho‘ktirishga urinasiz. Hindiston buni qabul qilmasligi boshidan ma’lum edi. Agar ma’lum bo‘lmasa bu Amerika rahbariyatining (u yerdagi barcha hindlar bilan birga) muammosi.
Oxir-oqibat, Tramp aniq yutqazdi va u qandaydir tarzda vaziyatni to‘g‘irlashi kerak bo‘ladi. Ehtimol, kelgusi oy oxirida Nyu-Yorkda Modi bilan uchrashuv paytida (Hindiston bosh vaziri BMT sessiyasiga keladi). Tramp nimani o‘ylab topishi noma’lum, ammo bundan oldin Modi ko‘p yillar davomida Xitoyga birinchi safarini amalga oshiradi (ShHT sammitiga). Bu safar nafaqat Xitoy-Hindiston munosabatlarini yaxshilashga harakat qilinadi, balki RHX (Rossiya, Hindiston, Xitoy) formatidagi birinchi uchrashuv ham bo‘lib o‘tadi. Putin, Si va Modining birgalikda tushgan surati esa shunchaki ramziy ahamiyatga ega bo‘lmaydi...