https://oz.sputniknews.uz/20250829/hindiston-bosh-vazir-xitoy-tashrif--si-sinping-vladimir-putin-uchrasuv-51585156.html
Modi Xitoyda Si Szinpin va Vladimir Putin bilan uchrashadi
Modi Xitoyda Si Szinpin va Vladimir Putin bilan uchrashadi
Sputnik O‘zbekiston
Hindiston bosh vaziri yetti yildan so‘ng ilk bora Xitoyga tashrif buyuradi hamda Si Sinping va Vladimir Putin bilan uchrashadi
2025-08-29T10:58+0500
2025-08-29T10:58+0500
2025-08-29T12:16+0500
siyosat
dunyoda
hindiston
xitoy
rossiya
narendra modi
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
si szinpin
vladimir putin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/10/28290324_0:0:2969:1671_1920x0_80_0_0_92f63c6fef5f168d8b11b31fbddd5de4.jpg
TOShKENT, 29-avg — Sputnik. Hindiston bosh vaziri Narendra Modi birinchi marta yetti yillik tanaffusdan keyin Xitoyga tashrif buyuradi. Bu haqda Hindistonning "Times of India" nashri xabar qildi.Qayd etilishicha, u Xitoyning Tanszin shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) sammitida ishtirok etadi va sammit chog‘ida XXR raisi Si Szinpin va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishi kutilmoqda.Shuningdek, xabarga ko‘ra, ushbu diplomatik harakatlar Hindiston va Xitoy o‘rtasidagi chegara keskinligidan so‘ng sezilarli iliqlashuv davriga qadam bosgan muhim voqeaga aylanishi taxmin qilinmoqda.Ma’lumot uchun, Xitoyning Tanszin shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida 20 tadan ortiq mamlakatning davlat va hukumat rahbarlari, 10 ta xalqaro tashkilot rahbarlari qatnashadi.2025 yil oxirida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Hindistonga tashrif buyuradi. Tashrif davomida salmoqli hujjatlar to‘plami imzolanishi rejalashtirilgan. Ayni damda ushbu tashrifga har ikki tomondan jiddiy tayyorgarlik ko‘rilmoqda. 21-avgust kuni Putin Kremlda Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankarni qabul qilgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20250828/tramp-yutqazdi-hindiston-aqshga-boy-sunmadi-51579200.html
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/10/28290324_99:0:2830:2048_1920x0_80_0_0_5fc4ab21e3374c232045f6aaa1dce192.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hindiston bosh vazir xitoy tashrif si sinping vladimir putin
hindiston bosh vazir xitoy tashrif si sinping vladimir putin
Modi Xitoyda Si Szinpin va Vladimir Putin bilan uchrashadi
10:58 29.08.2025 (yangilandi: 12:16 29.08.2025) Ushbu tashrif AQSh tomonidan joriy etilgan tariflar fonida Hindiston global siyosatda yangi hamkorlik yo‘nalishlarini izlayotganidan dalolat beradi – OAV
TOShKENT, 29-avg — Sputnik. Hindiston bosh vaziri Narendra Modi birinchi marta yetti yillik tanaffusdan keyin Xitoyga tashrif buyuradi. Bu haqda Hindistonning "
Times of India" nashri xabar qildi.
Qayd etilishicha, u Xitoyning Tanszin shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) sammitida ishtirok etadi va sammit chog‘ida XXR raisi Si Szinpin va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishi kutilmoqda.
"Bu tashrif Hindiston bilan AQSh o‘rtasidagi aloqalar iqtisodiy bosimlar oqibatida murosasizlashgan bir vaqtda amalga oshmoqda. Ushbu voqea Hindistonning global siyosiy manzarada ittifoq va strategik tarafdorlik yo‘lini tanlayotganiga ishora qiladi", - deya munosabat bildiradi "The Guardian".
Shuningdek, xabarga ko‘ra, ushbu diplomatik harakatlar Hindiston va Xitoy o‘rtasidagi chegara keskinligidan so‘ng sezilarli iliqlashuv davriga qadam bosgan muhim voqeaga aylanishi taxmin qilinmoqda.
Ma’lumot uchun, Xitoyning Tanszin shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida 20 tadan ortiq mamlakatning davlat va hukumat rahbarlari, 10 ta xalqaro tashkilot rahbarlari qatnashadi.
2025 yil oxirida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Hindistonga tashrif buyuradi. Tashrif davomida salmoqli hujjatlar to‘plami imzolanishi rejalashtirilgan. Ayni damda ushbu tashrifga har ikki tomondan jiddiy tayyorgarlik ko‘rilmoqda. 21-avgust kuni Putin Kremlda Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankarni qabul qilgan edi.