https://oz.sputniknews.uz/20250826/vetnam-eoii-51526672.html
Vyetnamning ayrim kiyim-kechaklariga yarim yilga boj joriy qilinadi — YeIK
Vyetnamning ayrim kiyim-kechaklariga yarim yilga boj joriy qilinadi — YeIK
Sputnik O‘zbekiston
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati Vyetnamdan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) erkin savdo bitimi asosida tarif imtiyozlari bilan olib kirilayotgan ayrim turdagi kiyim-kechaklarga olti oy muddatga boj joriy etishga qaror qildi. B
2025-08-26T18:04+0500
2025-08-26T18:04+0500
2025-08-26T18:04+0500
yeoii
yeik
bojxona boji
o‘zbekiston va yeoii
vyetnam
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/04/48724104_0:144:3129:1904_1920x0_80_0_0_695ac209a2d31b2ce9aaa4597a4753e7.jpg
TOShKENT, 26 avg - Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati Vyetnamdan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) erkin savdo bitimi asosida tarif imtiyozlari bilan olib kirilayotgan ayrim turdagi kiyim-kechaklarga olti oy muddatga boj joriy etishga qaror qildi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.Ta’kidlanishicha, o‘imoya choralarini joriy etishning asosi kelishuvda ko‘zda tutilgan Vyetnamdan import qilingan mahsulotlarning trigger darajasidan oshib ketishi edi.Matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, ushbu qaror kuchga kirgan paytdan boshlab olti oy davomida Vyetnamdan ayrim turdagi kiyim-kechak olib kirilganda YeOII Yagona bojxona tarifining amaldagi stavkasi qo‘llaniladi. Qaror rasmiy e’lon qilingan sanadan 30 kun o‘tgach kuchga kiradi.Qayd etilishicha, mazkur chora YeOII ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash va Vyetnamdan kelishuvda belgilangan darajadan yuqori bo‘lgan tovarlarning bojsiz olib kirilishining keskin o‘sishini oldini olish imkonini beradi.
https://oz.sputniknews.uz/20250825/komissiya-eoii-51496752.html
vyetnam
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/04/48724104_199:0:2928:2047_1920x0_80_0_0_69cd8f765c2995027fedbedc2c8d024f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vyetnam eksport boj yeoii yeik
vyetnam eksport boj yeoii yeik
Vyetnamning ayrim kiyim-kechaklariga yarim yilga boj joriy qilinadi — YeIK
Kiyim-kechaklarning ba’zi turlarini YeOIIga olib kirish bilan bog‘liq tartib choralarini joriy etishga Vetnamning import hajmi yuqoriligi sabab bo‘ldi.
TOShKENT, 26 avg - Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati Vyetnamdan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) erkin savdo bitimi asosida tarif imtiyozlari bilan olib kirilayotgan ayrim turdagi kiyim-kechaklarga olti oy muddatga boj joriy etishga qaror qildi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati
ma’lum qilmoqda. "Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati Vyetnam Sotsialistik Respublikasidan erkin savdo bitimiga ko‘ra tarif imtiyozlari bilan olib kirilayotgan ayrim turdagi kiyim-kechaklarga nisbatan himoya chorasi qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qildi", - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, o‘imoya choralarini joriy etishning asosi kelishuvda ko‘zda tutilgan Vyetnamdan import qilingan mahsulotlarning trigger darajasidan oshib ketishi edi.
Matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, ushbu qaror kuchga kirgan paytdan boshlab olti oy davomida Vyetnamdan ayrim turdagi kiyim-kechak olib kirilganda YeOII Yagona bojxona tarifining amaldagi stavkasi qo‘llaniladi. Qaror rasmiy e’lon qilingan sanadan 30 kun o‘tgach kuchga kiradi.
Qayd etilishicha, mazkur chora YeOII ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash va Vyetnamdan kelishuvda belgilangan darajadan yuqori bo‘lgan tovarlarning bojsiz olib kirilishining keskin o‘sishini oldini olish imkonini beradi.