https://oz.sputniknews.uz/20250825/komissiya-eoii-51496752.html
Vazir: EOII korxonalari o‘rtasida barqaror aloqalarni mustahkamlashga ko‘maklashiladi
Vazir: EOII korxonalari o‘rtasida barqaror aloqalarni mustahkamlashga ko‘maklashiladi
Sputnik O‘zbekiston
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi vaziri qozog‘istongan tashrifi
2025-08-25T18:27+0500
2025-08-25T18:27+0500
2025-08-26T09:19+0500
o‘zbekiston va yeoii
qozog‘iston
tadbirkorlar bilan uchrashuv
tadbirkor
innoprom xalqaro sanoat ko‘rgazmasi
yeik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/19/51489517_0:61:1400:849_1920x0_80_0_0_2a12f4072db30b623595087bba0d03f8.jpg
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining (YeIK) sanoat va agrosanoat majmuasi bo‘yicha vaziri Goar Barsegan Qozog‘istonga tashrifi doirasida Qozog‘iston sanoat va qurilish vaziri Yersain Nagaspayev bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi. Tomonlar Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) sanoat sohasiga tegishli kun tartibidagi masalalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqishdi.Vazirlar sanoat sohasida kooperatsiyani rivojlantirish bo‘yicha muloqotni chuqurlashtirish muhimligini ta’kidlashdi, INNOPROMda bo‘lib o‘tadigan YeOII Sanoat siyosati bo‘yicha kengashi yig‘ilishi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishdi.Goar Barsegan Qozog‘iston sanoat korxonalari va sanoat zonalariga tashrif buyurdi. Xususan, u Olmaota sanoat zonasining avtomobilsozlik mahsulotlari va butlovchi qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarida, Olmaota ventilyatsiya mahsulotlari zavodida bo‘ldi.EIK vazirining respublika tadbirkorlari bilan ishchi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi, shu jumladan, davra suhbati formatidagi uchrashuvlar ham. Ittifoq doirasida sanoat kooperatsiyasini moliyalashtirish mexanizmini amalga oshirish, shuningdek, korxonalarni Yevroosiyo integratsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash dasturiga kiritish shartlari muhokama qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20250824/eoii-sanoat-ishlab-chiqarish-51454856.html
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/19/51489517_94:0:1306:909_1920x0_80_0_0_bf77cb659dc041c732fa1617738cf4f1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yevroosiyo iqtisodiy ittifoq ministr qozog‘iston tashrif
yevroosiyo iqtisodiy ittifoq ministr qozog‘iston tashrif
Vazir: EOII korxonalari o‘rtasida barqaror aloqalarni mustahkamlashga ko‘maklashiladi
18:27 25.08.2025 (yangilandi: 09:19 26.08.2025) Goar Barsegan Qozog‘iston sanoat korxonalari va sanoat zonalariga tashrif buyurdi.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining (YeIK) sanoat va agrosanoat majmuasi bo‘yicha vaziri Goar Barsegan Qozog‘istonga tashrifi doirasida Qozog‘iston sanoat va qurilish vaziri Yersain Nagaspayev bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati
xabar berdi.
Tomonlar Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) sanoat sohasiga tegishli kun tartibidagi masalalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqishdi.
Vazirlar sanoat sohasida kooperatsiyani rivojlantirish bo‘yicha muloqotni chuqurlashtirish muhimligini ta’kidlashdi, INNOPROMda bo‘lib o‘tadigan YeOII Sanoat siyosati bo‘yicha kengashi yig‘ilishi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishdi.
Goar Barsegan Qozog‘iston sanoat korxonalari va sanoat zonalariga tashrif buyurdi. Xususan, u Olmaota sanoat zonasining avtomobilsozlik mahsulotlari va butlovchi qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarida, Olmaota ventilyatsiya mahsulotlari zavodida bo‘ldi.
"Biz Qozog‘iston korxonalari bilan sanoatning bir qator ustuvor tarmoqlari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish uchun katta salohiyatni ko‘rmoqdamiz. Qozog‘istonning manfaatdor kompaniyalari vakillari bilan yanada yaqinroq ishlash yangi kooperatsiya zanjirlariga chiqish imkonini beradi", - dedi Goar Barsegan.
EIK vazirining respublika tadbirkorlari bilan ishchi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi, shu jumladan, davra suhbati formatidagi uchrashuvlar ham. Ittifoq doirasida sanoat kooperatsiyasini moliyalashtirish mexanizmini amalga oshirish, shuningdek, korxonalarni Yevroosiyo integratsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash dasturiga kiritish shartlari muhokama qilindi.
"YeOII mamlakatlari tadbirkorlari texnologiyalarni almashish va samarali integratsiya aloqalarini shakllantirish uchun barcha resurslarga ega," - deya xulosa qildi Barsegan.