O‘zbekiston aholisi 38 mln kishiga yaqinlashdi - qaysi hudud aholisi soni eng tez o‘smoqda?

© Sputnik / Sputnik / Baxrom XatamovLyudi gulyayut v parke v Tashkente
Lyudi gulyayut v parke v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2025
Obuna bo‘lish
Aholisi eng tez o‘sadigan hududlar — Toshkent shahri va Surxondaryo viloyati, eng sekin o‘sadigani esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi.
TOShKENT, 26 avg – Sputnik. O‘zbekistonda 2025-yil 1-iyul holatiga doimiy aholi soni 37,9 million kishini tashkil etgan. Bundan Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 % ga ko‘paygan.
Hududlar kesimida doimiy aholi sonining o‘sishi quyidagicha:
Toshkent shahri – 2,3 %.
Surxondaryo viloyati – 2,3 %
Qashqadaryo viloyati – 2,2 %
Namangan viloyati – 2,1 %
Samarqand viloyati – 2,0 %
Farg‘ona viloyati – 2,0 %
Jizzax viloyati – 2,0 %
Andijon viloyati – 1,9 %
Sirdaryo viloyati – 1,8 %
Toshkent viloyati – 1,8 %
Xorazm viloyati – 1,8 %
Navoiy viloyati – 1,7 %
Buxoro viloyati – 1,5 %
Qoraqalpog‘iston R. – 1,3 %
Molodoj Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2025
O‘zbekistonda eng katta va eng kichik oilalar qaysi viloyatlarda?
Yangiliklar lentasi
0